Kompaniya haqida
ADM Global kompaniyalar guruhi (yuridik nomi “Roodell” MChJ) 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillarini distribyutsiyasi, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, ularga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika, lizing xizmatlari, shuningdek, original ehtiyot qismlari va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.
Ayni paytda dilerlik tarmog‘i O‘zbekiston bo‘ylab turli brendlarning 40 dan ortiq rasmiy dilerlik markazlarini o‘z ichiga oladi.
ADM Global o‘z faoliyat sohasida noyob bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarning keng jamoasi bilan ajralib turadi. Har bir xodimning professionalligi va malakaviy darajasi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi.
Xolding Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus kabi jahon avtomobil brendlari bilan hamkorlik qiladi. ADM Global kompaniyalar guruhi, taqdim etayotgan avtomobillarning yuqori sifati tufayli nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki uning chegaralaridan tashqarida ham o‘z sanoatida yetakchilardan biriga aylanib bormoqda.

“Roodell Service” MChJ Kia, CHERY, LADA, Renault, HAVAL и Hyundai Tracks brendlarining Oʻzbekistondagi rasmiy servis markazi hisoblanadi va kafolat va kafolatdan keyingi xizmat koʻrsatishni taqdim etadi. Kompaniya 2019-yilda tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda 3 ta filiali Toshkentda, 1 ta filiali Namanganda va 1 ta filiali Gulistonda joylashgan.
Xodimlarning umumiy soni 180 kishini tashkil etadi (har bir yoʻnalish boʻyicha brend menejerlari, kafolat muhandislari, texnik kuzatish va qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, texnik trenerlar). Kompaniyaning mexaniklari muntazam ravishda malaka oshiradilar va milliy texnik musobaqalarda sovrindor oʻrinlarni qoʻlga kiritib keladilar. 2023-yilda kompaniya mexaniklari MDHning barcha mamlakatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan Kia Skill Cup Competition musobaqasida 3-oʻrinni egalladilar.
Kompaniyaning 2023-yildagi aylanmasi 33 milliard soʻmdan oshdi. Ish davomida
30 000 dan ortiq mijozlarga xizmatlar koʻrsatildi. “Roodell Service” MChJ Rival, Pandora, Poliplast kompaniyalarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.

“FINCOM Leasing Group” kompaniyalar guruhi Oʻzbekistondagi avtomobil biznesi sohasidagi eng yirik lizing kompaniyasi hisoblanadi. 2016-yildan beri lizing faoliyati bilan shugʻullanib keladi. Kompaniyalar guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: “SOFT LEASING” MChJ (2016-yildan buyon), “FINCOM” MChJ (2018-yildan buyon), “ROODELL” MChJ (2020-yildan buyon) va “FINCOM RENT” MChJ (2022-yildan buyon). Xodimlar shtati, shu jumladan 12 ta mintaqaviy filialni qoʻshganda 60 nafardan ortdi.
FINCOM Leasing Group bitimlar soni boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik 5 ta lizing kompaniyalari tarkibiga kiradi, Oʻzbekiston Lizing Assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi va 2019-yil yakunlari boʻyicha jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish hajmi boʻyicha eng zoʻr kompaniya deb tan olingan. Bundan tashqari, 2020, 2021, 2022 va 2023-yillarda FINCOM Leasing Group tuzilgan bitimlar hajmi va lizing portfeli hajmi boʻyicha lizing beruvchilarning TOP-10 qatoriga kirdi, avtomobil lizingi bozorida yetakchi hisoblanadi.
Kompaniyalar guruhi faoliyati davomida jismoniy shaxslar bilan 3 000 dan ortiq lizing shartnomalari va 15 000 mingdan ortiq moliyaviy ijara shartnomalarini tuzdi. FINCOM Leasing Group – LADA LEASING, KIA LEASING, CHERY LEASING, HAVAL LEASING va GAZ LEASING dasturlarining bosh moliyaviy hamkori va tashkilotchisidir.

"ADMC DASAN" MChJ avtomobillar uchun plastik butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan: old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, tom reylinglari, markaziy konsollar va avtomobil kuzovi va interyerining boshqa muhim plastik elementlari. Kompaniya 2023-yilda qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan. 2025-yil 27-may kuni esa uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishlab chiqarish maydoni "Jizzax" EIZ hududida 0,62 gektarni tashkil etadi.
Loyiha avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha davlat strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda va birinchi navbatda Kia Sonet modeli, kelajakda esa ADM Global’ning barcha CKD modellari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga qaratilgan
Birinchi bosqichda korxona yiliga 40 mingdan ortiq avtomobilni butlovchi qismlar bilan ta’minlash, jumladan, zaxiralarni omborlarda saqlashga mo‘ljallangan.
Qismlarni yig‘ish turli mamlakatlardan yetkazib beriladigan yetakchi Hyundai Motor Group va Kia Motors Corporation avtokonsernlari tomonidan ishlab chiqilgan OEM-subkomponentlardan amalga oshiriladi. Loyihaning asosiy logistika va savdo hamkori Hyundai Glovis India kompaniyasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish uchun xomashyo Koreyaning Daeha, LG Chemicals va Samyang kabi jahon miqyosidagi yirik yetkazib beruvchilaridan, shuningdek, Toshkentdagi mahalliy MEP ishlab chiqaruvchisidan olinadi, bu esa mamlakat ichidagi ta’minot zanjirlarini mustahkamlash va yanada mahalliylashtirishga yordam beradi.

“ADM COMPONENT” MChJ kuzov va shassining quyidagi butlovchi qismlarini ishlab chiqarish va sotuvi bilan shugʻullanadi: kuzovning konstruksiyasi, eshik ramasi va shveller, koʻndalang balka va torsion balka (2024-yilning IV choragidan). Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,55 gektar yer maydonida joylashgan.
Seriyaviy ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning 15-apreldan belgilangan. Kompaniya Kia Sonet modeli uchun kuzov qismlarini mahalliylashtirilgan yetkazib berishga ixtisoslashgan.
Kompaniyaning faoliyati 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 81 ta ish o‘rni yaratilib, 50 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratildi. Ikkinchi bosqichda yana 59 ta ish oʻrni va 100 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratiladi. Uchinchi bosqichda yana 180 ta ish oʻrni yaratilib, quvvatlar 150 ming mashina komplektga oshiriladi.

“KCC PAINTS” MChJ – avtomobillar uchun lak-bo‘yoq materiallari ishlab chiqarish tsexi bo‘lib, unda aralashtirish, kolerovka, ranglarni uyg‘unlashtirish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,35 gektar yer maydonida joylashgan.
Kompaniya AQSh, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Vyetnam, Turkiya, Germaniya kabi dunyoning 12 mamlakatida fut printlarga ega. Kompaniyaning hamkorlari: avtomobil ishlab chiqarish gigant konsern Hyundai Motor Company va Kia Motors Corporation, Britaniya silikon mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Basildon korxonasi hamda DuPont – Paints & Coatings korxonasidir.

“YOUNGSAN” MChJ – old/orqa avtomobillar o‘rindiqlari ishlab chiqaruvchi tsex bo‘lib, u yerda ko‘pikli poliuretanni bosim ostida quyish, yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va materialni aniqlash kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,44 gektar yer maydonida joylashgan.
Ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2024-yil avgust oyidan rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi bosqichda (2025-yildan) bichish, tikish, qistirma materiallari, to‘ldirish, pardozlash, kesish, birlashtirib tikish, qayirish, nuqtaviy payvandlash, CO2 payvandlash, silliqlash, yarim yig‘ish kabi jarayonlar mahalliylashtiriladi.

“DMC JIZZAKH” MChJ – avtomobillar eshiklari, derazalari, shiftlari, yukxonalari va dvigatel bo‘linmasi uchun rezina qistirmalari ishlab chiqarish tsexi bo‘lib, unda CMBni qorish va FMBni maromiga yetkazish, multishnekli ekstruziya, vulkanizatsiya, mayda yig‘ish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,35 gektar yer maydonida joylashgan.
Kompaniyaning asosiy hamkori DMC Inc. (Janubiy Koreya). Shuningdek, kompaniya GM Korea, GM Brasil, GM North America va UzAuto Motors kompaniyalari bilan yetkazib berish kelishuvini imzolagan.

“ADM STAMPING” MChJ – avtomobillar kuzovining shtamplangan panellarini ishlab chiqaruvchi korxonadir. Tsexta po‘lat listlarini kesish, avtomobillar kuzov qismlarini shtamplash va ularga shakl berish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2024-yilning 17-yanvarida tashkil topgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 4,7 gektar yer maydonida joylashgan, shundan 12 000 kv.m. – ishlab chiqarish maydonidir.
2025-yil uchun kutilayotgan ishchi xodimlar soni 74 nafarni tashkil etadi va ishlab chiqarish hajmining ortishida esa ishchi xodimlarning maksimal soni 150 kishiga yetkaziladi. Korxonaning quvvati yiliga 120 ming panel to‘plamlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan.
Panellarni presslar o‘rtasidagi transferida Janubiy Koreyaning ABB kompaniyasining zamonaviy 6 o‘qli robotlari qo‘llaniladi. Bugungi kunda korxona Kia Corporation, Hyundai Steel, Posco Steel, Hanwoo Global va Hyundai Corporation bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

“ADM ELECTRICS” MChJ avtotransport vositalari uchun elektr jihozlari, magnitafonlar, signallar, antennalar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. Korxona 2023-yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yilning 31-may kuni esa o‘z faoliyatini boshladi. ADM Electrics’ning joylashgan umumiy yer maydoni 3,2 gektarni tashkil etib, unda umumiy maydoni 4,5 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan ishlab chiqarish binolari joylashgan.
2024-yil oxiriga kelib xodimlar soni qariyb 300 nafar kishini tashkil etdi, 2025-yilning oxiriga kelib esa shtat 1200 nafarga yetishi kutilmoqda.
Yillik mahsulotlar hajmi: 100 000 ta avtomobil uchun sim jgutlari, 50 000 dona – multimedia tizimlari, dvigatel havo filtri, avtomobil antennalari va oyna ko‘targichlari, shuningdek, isitish, shamollatish va havoni tozalash tizimlari.
Kyungshin Corporation, DOOWON Climate Control, KM Digitech, DH Autoware, INZI Controls, A&P Machinery, INFAC, BZW, EMDEP TestBoards, Aptiv, Sumitomo Wiring System, Jeongwoo Industry, Korea Electric Terminal, UJU Electronics, HellermannTyton, Molex, TE Connectivity, Taeyoung Tape’lar kompaniyaning hamkorlaridir.

Bizning afzalliklarimiz
- 11
- yildan beri bozorda
- 4 100+
- tajribali xodimlar
- 21
- kompaniyalar
- 4
- portfoliodagi brendlar
- 70+
- dillerlik markazlari
- 96 000+
- 2014 yildan beri sotuvlar soni
Bizning manzil

- ADM Global kompaniyalar guruhi (“ROODELL” MChJ)
- Sergeli tumani, Navro‘z 6-tor ko‘chasi

- “ADM JIZZAKH” MChJ, Toshkent shahridagi ofis
- Sergeli tumani, Navro‘z 6-tor ko‘chasi

- “ADM JIZZAKH” MChJ, zavod manzili
- Jizzax viloyati, Sharaf Rashidov tumani

- “ADM COMPONENT” MChJ
- Jizzax viloyati, Sharaf Rashidov tumani

- “ADM ELECTRICS” MChJ
- Andijon viloyati, Asaka sh., Marg‘iloniy ko‘chasi, 65-uy
Yangiliklar
Biz nimalar bilan shug‘ullanamiz va raqobatchilarimizdan bizni ajratib turadigan jihatlar qanday
ADM Global mijozlarning tomonidan yuqori darajadagi ishonchiga ega ishonchli hamkor bo‘lib, yuqori sifatli xizmatlarni taklif etadi va hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashi uni sohadagi yetakchilardan biriga aylantiradi.
ADM Global ishonchlilik va professionallik, mijozlarga bo‘lgan ehtiyotkor munosabat va ishlab chiqarish, sotuv, kafolat, avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish, shuningdek moliyaviy dasturlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli xizmatlar bilan ajralib turadi.
