Kompaniya haqida

ADM Global kompaniyalar guruhi (yuridik nomi “Roodell” MChJ) 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillarini distribyutsiyasi, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, ularga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika, lizing xizmatlari, shuningdek, original ehtiyot qismlari va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.

Ayni paytda dilerlik tarmog‘i O‘zbekiston bo‘ylab turli brendlarning 40 dan ortiq rasmiy dilerlik markazlarini o‘z ichiga oladi.

ADM Global o‘z faoliyat sohasida noyob bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarning keng jamoasi bilan ajralib turadi. Har bir xodimning professionalligi va malakaviy darajasi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi.

Xolding Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus kabi jahon avtomobil brendlari bilan hamkorlik qiladi. ADM Global kompaniyalar guruhi, taqdim etayotgan avtomobillarning yuqori sifati tufayli nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki uning chegaralaridan tashqarida ham o‘z sanoatida yetakchilardan biriga aylanib bormoqda.