- Bosh sahifa
- Yangiliklar
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” universitetida DOST milliy avtomobil brendi loyihasi va ADM texnik laboratoriyasi bilan tanishdi
ADM Global O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga DOST brendi ostidagi birinchi milliy avtomobil loyihasini taqdim etdi. O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif doirasida davlat rahbari avtomobilni ishlab chiqishda ADM Jizzakh avtomobil zavodi muhandislari bilan birgalikda talabalar ishtirok etayotgan ADM texnik laboratoriyasida bo‘ldi.
Kia Sonet Prime O‘zbekistonda Sonet oilasini kengaytirmoqda
O‘zbekistonda ixcham shahar krossoverlari oilasiga kiruvchi yangi model – Kia Sonet Prime sotuvi yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtomobil mustaqil dizayn, kengaytirilgan jihozlanish va zamonaviy elektron tizimlarga ega bo‘lib, qulay format va sinovdan o‘tgan kuch qurilmasini saqlab qoldi. Shu bilan birga, bozor uchun tanish bo‘lgan Kia Sonet modellar turkumida qoladi: ikkita krossover O‘zbekistonda bir vaqtning o‘zida taklif etiladi.
Shavkat Mirziyoyev ADM AGRO’ning pilot loyiha tariqasidagi agrotexnik klasteriga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga amaliy tashrifi chog‘ida ADM AGRO’ning intensiv olxo‘ri bog‘i barpo etish loyihasi bilan tanishdi. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda Kegeyli tumanida amalga oshirilmoqda.
ADM Global va Kia Corporation Anglashuv memorandumini imzoladi
ADM Global bosh direktori Daniyar Davletiyarov va Kia Corporation katta vitse-prezidenti Cho Sang Un tomonlarning avtomobilsozlik sanoatida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish niyatlarini mustahkamlovchi Anglashuv memorandumini imzoladilar.
Shavkat Mirziyoyev ADM Jizzakh’da Kia Sonet Prime ishlab chiqarishi va presslash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ADM Stamping’ni ishga tushirdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi chog‘ida Kia Sonet Prime modelini ishlab chiqarishga start berdi, shuningdek, presslash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ADM Stamping’ni ishga tushirdi.
Kia, Chery va HAVAL 2026-yilning avgust oyidagi sotuv natijalarini e’lon qildi
2026-yil avgust oyida O‘zbekistonda Kia, Chery va HAVAL avtomobillarining umumiy sotuv hajmi 4 310 donaga yetdi. Kia va HAVAL o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi, CSH texnologiyasiga ega Chery NEV avtomobillari sotuvi esa 2026-yil iyul oyiga nisbatan oshdi.