ADMС DASAN
"ADMC DASAN" MChJ avtomobillar uchun plastik butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan: old va orqa bamperlar, eshik qoplamalari, tom reylinglari, markaziy konsollar va avtomobil kuzovi va interyerining boshqa muhim plastik elementlari. Kompaniya 2023-yilda qo‘shma korxona sifatida tashkil etilgan. 2025-yil 27-may kuni esa uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ishlab chiqarish maydoni "Jizzax" EIZ hududida 0,62 gektarni tashkil etadi.
Loyiha avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha davlat strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda va birinchi navbatda Kia Sonet modeli, kelajakda esa ADM Global’ning barcha CKD modellari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga qaratilgan
Birinchi bosqichda korxona yiliga 40 mingdan ortiq avtomobilni butlovchi qismlar bilan ta’minlash, jumladan, zaxiralarni omborlarda saqlashga mo‘ljallangan.
Qismlarni yig‘ish turli mamlakatlardan yetkazib beriladigan yetakchi Hyundai Motor Group va Kia Motors Corporation avtokonsernlari tomonidan ishlab chiqilgan OEM-subkomponentlardan amalga oshiriladi. Loyihaning asosiy logistika va savdo hamkori Hyundai Glovis India kompaniyasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish uchun xomashyo Koreyaning Daeha, LG Chemicals va Samyang kabi jahon miqyosidagi yirik yetkazib beruvchilaridan, shuningdek, Toshkentdagi mahalliy MEP ishlab chiqaruvchisidan olinadi, bu esa mamlakat ichidagi ta’minot zanjirlarini mustahkamlash va yanada mahalliylashtirishga yordam beradi.