24.05.2026

ADM Global Golf Tour: golf, netvorking va muloqotning yangicha muhiti

ADM Global Golf Tour: golf, netvorking va muloqotning yangicha muhiti

17-may kuni Tashkent Lakeside maydonida turnirning IV bosqichi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni tadbirda nafaqat havaskor golfchilar, balki biznes hamjamiyati vakillari, OAV va blogerlar ham ishtirok etib, ular uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur bosqich raqobatli kurashda bo‘lib o‘tdi. Turnir ishtirokchilari butun o‘yin kuni davomida aniqlik va diqqat-e’tiborni namoyish etishdi. ADM Global Golf Tour yana bir bor ushbu sport turi nafaqat ishtiyoq, balki zamonaviy ishbilarmonlik madaniyatini ham o‘zida mujassam etganini ko‘rsatdi.

YARD Business Club vakillari, ommaviy axborot vositalari va blogerlar ochiq tadbirlarga qo‘shildilar, o‘yinning bazaviy elementlari bilan tanishdilar va kunni jonli muloqot va ishbilarmonlik muhitida o‘tkazdilar. Bugungi kunda ADM kompaniyalar guruhi aynan shunday konsepsiya – sport, biznes aloqalari va zamonaviy shahar madaniyatini uyg‘unlashtirishni rivojlantirmoqda.

Tadbirkor va Yard Business Club va Unique Present Media Holding asoschisi Arsen Dornchev quyidagilarni qayd etdi: Golf mamlakatimizda biznes aloqalari uchun yangi maydonga aylanishi mumkin. Bu formatda kishilar yanada jonli va ochiqroq muhitda muloqot qiladilar, o‘yin paytida esa inson oddiy netvorkingga qaraganda o‘zini ancha yaxshiroq namoyon etadi. ADM Global Golf Tour aynan sport, ishbilarmonlik muloqoti va sifatli tanishuv muhitining uyg‘unligi bilan alohida ajralib turadi.

ADM Global Golf Tour bilan tanishganimdan so‘ng, golf shunchaki sport emas, balki ishbilarmonlik muloqoti uchun to‘laqonli maydon ekanligini angladim. Bu yerda insonlar odatdagi forum va netvorking tadbirlariga qaraganda bir necha soat birga vaqt o‘tkazadilar, bemalol muloqot qiladilar va yanada mustahkam aloqalar o‘rnatadilar. Ayniqsa, tashkilotchilik darajasi, barcha tafsilotlarga e’tibor va tadbirning o‘ziga xos muhiti meni hayratda qoldirdi. Turnir tadbirkorlar, rahbarlar va hamfikr insonlarni birlashtirib, muloqot va hamkorlik uchun sifatli maydon yaratadi, – dedi Strateg biznes akademiyasi asoschisi Igor Lvovich Sin.

Afisha.uz bosh muharriri Galina Sapayeva quyidagilarni alohida ta’kidladi: Golf maydonlari uzoq vaqtdan beri ochiq osmon ostidagi ofislar deb ataladi. Norasmiy muhitda kishilar uchun muloqot qilish, hamfikrlar topish va ishbilarmonlik aloqalarini ornatish osonroq kechadi. ADM Global Golf Tour aynan golfni ommalashtirish g‘oyasi bilan alohida ajralib turadi. Turnir ushbu sport turi yopiq va erishib bo‘lmas darajada degan stereotipni buzishga yordam beradi, turli sohalardagi insonlarni muloqot, o‘yin va sifatli netvorking orqali o‘zaro birlashtiradi.

Men ilgari hech qachon golf oynamaganman va bu juda zerikarli va oshirib baholangan mashgulot deb oylardim, – deb tan oldi Kursiv Uzbekistan direktori orinbosari Pavel Nasachyov. Ammo ADM turniri mening fikrimni butunlay ozgartirib yubordi. Bu shunchaki o‘yin emas, balki strategiya, chuqur fikrlaydigan jarayon, muloqot va muhitdir. Golf ishtiyoq, nafosat, toza havo va qiziqarli odamlar bilan tanishish imkoniyatini o‘zida mujassam etadi. Ko‘pchilik golfni tanlangan insonlar uchun sport deb hisoblaydi. Aslida esa u o‘zini tanlaganlar uchun.

“Golf bilan tanishishning birinchi tajribasi juda qiziqarli bo‘ldi: bu xotirjamlik, diqqatni jamlash va jarayonning o‘ziga xos estetikasi uyg‘unlashgan sport turi. Bunday format juda uyg‘un ko‘rinadi – sport insonlarga yanada jonli va ochiq muhitda osonroq tanishish, muloqot qilish va foydali aloqalar o‘rnatishga yordam beradi”, – deya qo‘shimcha qildi Repost TV prodakshn va boshlovchisi Malika Tag‘aynazarova.

ADM Global Golf Tour O‘zbekiston golf federatsiyasi ko‘magida tashkil etilib, tadbir hamkorlari sifatida ADMC Dasan, Youngsan, UNICO Logistics, Taewoong Logistics, Nabeglavi, Kapital va Asialuxe Travel kompaniyalari ishtirok etdi.

Xolding ko‘magida turnir g‘oliblari World Amateur Golfers Championship 2026 musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ko‘pchilik uchun bu birinchi marta xalqaro maydonda chiqish va tajriba orttirish uchun noyob imkoniyat bo‘ladi.

 

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish