- Bosh sahifa
- Yangiliklar
26.09.2025
ADM Jizzakh zavodi farzandlarimiz nigohida: suratlar tanlovi natijalari

2025-yil 20-sentabr kuni ADM Jizzakh zavodida "Bizning zavodimiz farzandlarimiz nigohida" bolalar rasmlari tanlovi bo'lib o'tdi. Unda nafaqat ADM Jizzakh zavodi, balki butun ADM Global kompaniyalar guruhi xodimlarining farzandlari ishtirok etdi. Yosh rassomlar korxona, uning kelajagi va atrofdagi tabiat haqidagi tasavvurlarini taqdim etdilar.


Dastlab bolalar suratlarni qog'ozga chizishdi, so'ngra ota-onalar ko'magida zavod hududida joylashgan bino devoriga ko'chirildi. Shunday qilib, ishtirokchilarning ijodi korxonaning me'moriy qiyofasining bir qismiga aylandi.

Ijodiy ishlar kreativlik va o'ziga xoslik, mavzuga muvofiqlik, rang-baranglik, tartiblilik va umumiy taassurot kabi mezonlar bo'yicha baholandi. Hakamlar hay'ati barcha ishtirokchilarning yuqori darajadagi tayyorgarligi va ijodiy yondashuvini qayd etdi.

Tanlov natijalariga ko'ra quyidagi ishtirokchilar g'olib deb topildi:
- 1-o'rin - Aliqulova Gavharoy. Dadasi - Aliqulov Jasur, ADM Jizzakh zavodining qozonxona va kompressor ish faoliyatini ta'minlash guruhining operatori.
- 2-o'rin - Murodova Shahlo. Onasi - Mardiyeva Feruza, ADM Jizzakh zavodining xo'jalik-foydalanish bo'limi idorasining tozaligini ta'minlaydi.
- 3-o'rin - Baxtiyorova Odina. Onasi - Jumanova Hilola, ADM Jizzakh zavodining korporativ taomlanish va delegatsiyalarni qabul qilish bo'limi xodimi.
G'oliblarga munosib sovg'alar, qolgan ishtirokchilarga esa sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tanlov bolalar va ularning ota-onalarini birlashtirgan yorqin va esda qolarli voqea bo'ldi, shuningdek, korporativ madaniyatda oilaviy qadriyatlarning ahamiyatini ta'kidladi.