17.07.2026

ADM va Trianon Energy O‘zbekistonda quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda

ADM va Trianon Energy O‘zbekistonda quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda

ADM tomonidan hujjatni kompaniyaning bosh direktori va aksiyadori Daniyar Davletiyarov imzoladi. Trianon Energy tomonidan – Philippe Toussaint, Allsaint Group Holding S.A. asoschisi va boshqaruvchi hamkori, guruh Investorlar kengashi raisi.

Hamkorlikning birinchi bosqichi ADM’ning o‘z va hamkor dilerlik markazlari negizidagi pilot loyiha bo‘ladi. Trianon Energy’ning tezkor quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish, shuningdek, ADM’ning mavjud quvvatlash infratuzilmasini yagona raqamli tarmoqqa integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Hamkorlik quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ADM dilerlik markazlari maydonchalarida tezkor quvvatlash stansiyalarini o‘rnatish;
  • ADM’ning amaldagi quvvatlash stansiyalarini Trianon Energy tarmog‘iga integratsiya qilish;
  • uskunalarga texnik va operatsion xizmat ko‘rsatish;
  • tarmoqni mamlakat hududlari bo‘ylab yanada kengaytirish modelini tayyorlash.

Bugungi kunda Trianon Energy O‘zbekistondagi eng yirik quvvatlash infratuzilmasi operatorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya quvvati 120 kVt dan boshlanadigan 100 dan ortiq tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini boshqaradi, o‘zining raqamli platformasi, mobil ilovasi va monitoring tizimiga ega.

ADM uchun loyiha avtomobil, quvvatlash infratuzilmasi, servis xizmat ko‘rsatish va raqamli xizmatlarni birlashtirgan shahar mobilligi ekotizimini rivojlantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Loyihaning amalga oshirilishi elektromobillikni rivojlantirishni tezlashtirish, dilerlik markazlari infratuzilmasidan samaraliroq foydalanish va mijozlarga yangi xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi.

Birinchi bosqichda pilot loyiha ADM maydonchalarida amalga oshiriladi. Obyektlar soni, uskunalar tarkibi, investitsiyalar hajmi, ishga tushirish muddatlari va hududlari maydonchalar texnik ko‘rikdan o‘tkazilganidan so‘ng belgilanadi. Pilot loyiha yakunlari bo‘yicha tomonlar loyiha natijalarini baholaydi va hamkorlikni yanada kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish ADM’ning shahar mobilligi ekotizimini shakllantirish bo‘yicha kengroq strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Uning doirasida kompaniya IZZY’ni ham o‘z ichiga olgan texnologik xizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda hamda mikromobillik, raqamli xizmatlar va turli transport turlari bir-birini to‘ldirib, foydalanuvchilar uchun yagona qulay harakatlanish makonini yaratadigan Mobility as a Service (MaaS) konsepsiyasi sohasida zamonaviy yechimlarni joriy etish ustida birgalikda ishlamoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish