10.06.2024

Kia’ning O‘zbekistondagi 2024-yilning may oyi uchun sotuvlari statistikasi

Kia’ning O‘zbekistondagi 2024-yilning may oyi uchun sotuvlari statistikasi

Kia brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yil may oyidagi sotuvlar natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Jami bo‘lib 1357 dona Kia avtomobilari egalariga topshirildi.

K5 biznes-sedani 436 dona avtomobil natijasi bilan sotuvlar bo‘yicha yetakchiga aylandi, bu brendning may oyida sotilgan barcha avtomobillarning 32 foizini tashkil etadi. Kia K5 O‘zbekistonda 2 va 2,5 litrli dvigatellar bilan 7 xil komplektatsiyada taqdim etilgan. Sedan uzoq vaqtdan beri o‘zbek xalqining sevimli avtomobili sifatida o‘zini namoyon qilishga erishgan.

Kia K5 haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchiga salonda qulay joylashishga imkon beruvchi hayratlanarli gabarit o‘lchamlarga ega. Kuzovning shiddatkor dizayni, salonning jihozlanish boyligi, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy xavfsizlik tizimlaridan foydalanish ushbu avtomobilning mashhurligini belgilaydi. Kia K5 – o‘zining tashqi qiyofasi, qulaylik darajasi va imkoniyatlari bilan eng talabchan mijozlarni ham hayratda qoldirishga qodir bo‘lgan biznes-klassning eng zo‘r vakillaridan biridir.

Kia Sportage avtomobili sotuvlar bo‘yicha Kia krossoverlari orasidagi yetakchiga aylandi. May oyining o‘zidayoq jami 288 dona (barcha Kia rusumidagi avtomobillarning 21 foizi) avtomobillar egalariga yetkazildi. Kia avtomobillarining mashhurligi jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Kimlardir elegant ko‘rinishdagi sedanlarni tanlasa, boshqalar shahar krossoverlarini tanlamoqdalar. Buni ajablanarli joyi yo‘q – Kia Sportage’ning dadil va noyob dizayni bir qarashda o‘ziga rom etadi, mukammal texnik xususiyatlar, zamonaviy texnologiyalar va tizimlardan foydalanilganlik yuqori dinamikani va haydash xavfsizligini ta’minlaydi. Qo‘shimcha qulaylik yuqori sifatli shovqin izolatsiyasi bilan ta’minlanadi, shuning uchun tezlikdan qat’i nazar, mashinani boshqarish juda qulay.

Krossover 156 ot kuchiga ega 2,0 MPI va 190 ot kuchiga ega 2,5 GDI dvigatellari bilan 6 ta komplektatsiyalarda taqdim etiladi. Komplektatsiyasiga ko‘ra, Sportage xaridorlarni hayratda qoldiruvchi qator individual xususiyatlar va variantlarni taklif etishi mumkin. Avtomobil ishonchliligi, funksionalligi va ergonomikasi bilan raqobatchilaridan keskin ajralib turadi. Kia Sportage’ni shaharda yurish uchun ixcham, ammo sig‘imli krossoverga talabi bo‘lgan xaridorlarga bemalol tavsiya etish mumkin.

Kuchli uchlikni 2,5 va 3,5 litrli dvigatellar bilan jihozlangan Kia Sorento krossoveri yakunlaydi. May oyida 216 ta krossover sotilgan bo‘lib, bu may oyidagi sotuvlar natijasining 16 foizini tashkil etadi.

Kia Sorento – bu shaharda foydalanish uchun juda mos bo‘lgan va zo‘r yo‘ltanlamaslik xususiyatlariga ega bo‘lgan yuqori sifatli oilaviy krossoverdir. So‘ngi urfdagi dizayn, komplektatsiyalarining xilma-xilligi, ishonchli dvigatellar va jihozlanishning boyligi ushbu avtomobilning mashhurligini belgilaydi.

Yaqinda O‘zbekiston bozorida o‘zining paydo bo‘lishi bilan shov-shuvga sabab bo‘lgan va 2024-yilning mart oyidan buyon ADM Jizzakh CKD-zavodida mahalliylashtirishning maksimal darajasiga ega birinchi avtomobilga aylangan, barcha sotilgan Kia rusumidagi avtomobillar ichida 12 foizlik natijaga erishgan Kia Sonet’ni, shuningdek, 147 ot kuchiga ega 2,0 MPI dvigatelli 4 ta komplektatsiyadagi, sotuvlar hajmining 9 foizni egallagan ixcham Seltos krossoverini ham ta’kidlash lozim.

Kia brendidagi avtomobillar umumiy xaridorlarining 66 foizini erkaklar, 27 foizini ayollar, 7 foizini yuridik shaxslar tashkil etdi. Barcha jismoniy shaxs bo‘lgan xaridorlarning 87 foizini 30 yoshdan oshgan insonlar tashkil etdi.

Ta’kidlash kerakki, rasmiy dilerlardan xarid qilingan barcha Kia avtomobillari uchun 5 yil yoki 150 000 km yurishiga kafolat mavjud.

Kredit dasturlari bilan Kia’ning tezkor telefon liniyasiga qo‘ng‘iroq qilib yoki rasmiy Kia dilerlik markazlariga murojaat qilib tanishish mumkin.

Kia’ning O‘zbekistondagi tezkor telefon liniyasi: +998 55 500 83 33

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish