22.10.2026

Yangi Kia Seltos O‘zbekistonda ilk bor taqdim etildi

Yangi Kia Seltos O‘zbekistonda ilk bor taqdim etildi

200 ot kuchi, to‘liq yuritma va mutlaqo yangi dizayn – Toshkentda Kia Seltos shahar krossoverining ikkinchi avlodi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yangi Seltos – dadil innovatsiyalar va mukammallikka bo‘lgan tinimsiz intilish timsoli. O‘zbekiston bozori uchun quvvati 200 ot kuchiga teng 1,5 litrli turbinali benzinli dvigatel va to‘liq yuritma tizimiga ega versiya ko‘zda tutilgan. Unda klassik yo‘ltanlamasning shiddatli dizayni nafis interyer bilan uyg‘unlashgan. Model jihozlariga panoramali tom, proyeksiyali displey hamda intuitiv tushunarli interfeysga ega keng 27 dyuymli panoramali multimedia displeyi kiradi.

Bu Kia uchun strategik muhim SUV segmentlaridan birida ixcham krossoverning ikkinchi avlodidir. Uning tashqi ko‘rinishida brendning katta yo‘ltanlamaslariga xos jihatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘ldi: keng radiator panjarasi, brendga xos Star Map yorug‘lik grafikasi va kuzovning aniq chiziqlari ishonchli hamda yuqori texnologik qiyofa yaratadi. Yashirin eshik tutqichlari qiyofani yanada soddalashtiradi, spoyler va ustunlarning kontrastli elementlari esa muallaq tom effektini alohida ifoda etadi. Gorizontal va vertikal chiziqlarni birlashtirgan orqa tomon chiroqlari avtomobilni vizual jihatdan kengroq ko‘rsatadi.

Qulaylik harakatlanish vaqtida ham seziladi: yaxshilangan shovqin izolyatsiyasi safarlarni yanada sokin, kuzovning yuqori bikrligi va takomillashtirilgan osma sozlamalari esa yanada ravon qiladi. G‘ildirak bazasi 2 690 mm gacha uzaytirilgani tufayli salon yanada kengroq bo‘ldi.

Avtomobilning harakati shahar ko‘chalarida ham, shahardan tashqarida ham yanada barqaror va oldindan ma’lum bo‘ladigan darajada bo‘lib bormoqda. Bikrligi yuqori bo‘lgan kuzov konstruksiyasi va ergonomik xavfsizlik yostiqchalari tizimi to‘qnashuv paytida haydovchi va yo‘lovchilarni himoya qilishga yordam beradi. Haydovchiga yordam beruvchi ilg‘or tizimlarning to‘liq to‘plami (ADAS) rul boshqaruvi paytida ishonchni oshiradi.

Yangi Kia Seltos uchun ishlab chiqaruvchining besh yil yoki 150 000 km yo‘l bosishiga – qaysi biri avvalroq yuzaga kelishiga qarab, kafolatli xizmat ko‘rsatish shartlariga rioya qilingan taqdirda kafolati amal qiladi.

Yangi Kia Seltos komplektatsiyalari va narxlari

Komplektatsiyasi

Dvigateli va transmissiyasi

Boshlang‘ich narxi

Luxe D089/D109

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

349 900 000 so‘m

Prestige G224/G253

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

384 900 000 so‘m

Premium G225/G254

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

404 900 000 so‘m

X-Line H093/H096

1.5 T-GDI, 8AT, FWD

429 900 000 so‘m

X-Line+ H081/H083/H097

1.5 T-GDI, 8AT, AWD

449 900 000 so‘m

Batafsil ma’lumotlar kia.uz saytida va Kia rasmiy dilerlarida.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish