Kompaniya haqida
ADM Global kompaniyalar guruhi (yuridik nomi “Roodell” MChJ) 2014-yilda tashkil etilgan bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillarini distribyutsiyasi, mahalliy ishlab chiqarish, sotish, ularga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika, lizing xizmatlari, shuningdek, original ehtiyot qismlari va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.
Ayni paytda dilerlik tarmog‘i O‘zbekiston bo‘ylab turli brendlarning 40 dan ortiq rasmiy dilerlik markazlarini o‘z ichiga oladi.
ADM Global o‘z faoliyat sohasida noyob bilim va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarning keng jamoasi bilan ajralib turadi. Har bir xodimning professionalligi va malakaviy darajasi kompaniya muvaffaqiyatining asosiy omillari hisoblanadi.
Xolding Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus kabi jahon avtomobil brendlari bilan hamkorlik qiladi. ADM Global kompaniyalar guruhi, taqdim etayotgan avtomobillarning yuqori sifati tufayli nafaqat O‘zbekiston bozorida, balki uning chegaralaridan tashqarida ham o‘z sanoatida yetakchilardan biriga aylanib bormoqda.
“FINCOM Leasing Group” kompaniyalar guruhi Oʻzbekistondagi avtomobil biznesi sohasidagi eng yirik lizing kompaniyasi hisoblanadi. 2016-yildan beri lizing faoliyati bilan shugʻullanib keladi. Kompaniyalar guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: “SOFT LEASING” MChJ (2016-yildan buyon), “FINCOM” MChJ (2018-yildan buyon), “ROODELL” MChJ (2020-yildan buyon) va “FINCOM RENT” MChJ (2022-yildan buyon). Xodimlar shtati, shu jumladan 12 ta mintaqaviy filialni qoʻshganda 60 nafardan ortdi.
FINCOM Leasing Group bitimlar soni boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik 5 ta lizing kompaniyalari tarkibiga kiradi, Oʻzbekiston Lizing Assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi va 2019-yil yakunlari boʻyicha jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish hajmi boʻyicha eng zoʻr kompaniya deb tan olingan. Bundan tashqari, 2020, 2021, 2022 va 2023-yillarda FINCOM Leasing Group tuzilgan bitimlar hajmi va lizing portfeli hajmi boʻyicha lizing beruvchilarning TOP-10 qatoriga kirdi, avtomobil lizingi bozorida yetakchi hisoblanadi.
Kompaniyalar guruhi faoliyati davomida jismoniy shaxslar bilan 3 000 dan ortiq lizing shartnomalari va 15 000 mingdan ortiq moliyaviy ijara shartnomalarini tuzdi. FINCOM Leasing Group – LADA LEASING, KIA LEASING, CHERY LEASING, HAVAL LEASING va GAZ LEASING dasturlarining bosh moliyaviy hamkori va tashkilotchisidir.
“ADMC DASAN” MChJ avtomobillar uchun plastik butlovchi qismlar: old/orqa bamperlar, eshik qoplamalari, tom usti reylinglari, markaziy konsol va boshqa plastik butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxonada yirik o‘lchamli termoplast avtomatlarining zamonaviy texnologik liniyasi va ultra va termik payvandlash uchun robotlashtirilgan yig‘ish uskunalari mavjud. ADMC DASAN 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,62 gektar yer maydonida joylashgan.
2024-yil uchun kutilayotgan ishchi xodimlar soni 70 kishini tashkil etadi. Kompaniya Kia Sonet modeli uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga asoslangan. Seriyali ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning may oyidan belgilangan. “Roodell” MChJ va DASAN DMC Corp., shunungdek, Unico Logistics, SJ Logistics, Taewoon Logistics, Pantos, Benma kabi yirik logistika kompaniyalari, Woojin Plaimm, Dong Yang Plawel kabi uskunalar yetkazib beruvchilari hamda ilmiy-tadqiqot va eksperimental-loyihalashtirish ishlari (ITELI) bo‘yicha hamkor bo‘lgan Seoyon E-Hwa Corp – Kompaniyaning hamkorlari hisoblanadilar.
“ADM COMPONENT” MChJ kuzov va shassining quyidagi butlovchi qismlarini ishlab chiqarish va sotuvi bilan shugʻullanadi: kuzovning konstruksiyasi, eshik ramasi va shveller, koʻndalang balka va torsion balka (2024-yilning IV choragidan). Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,55 gektar yer maydonida joylashgan.
Seriyaviy ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning 15-apreldan belgilangan. Kompaniya Kia Sonet modeli uchun kuzov qismlarini mahalliylashtirilgan yetkazib berishga ixtisoslashgan.
Kompaniyaning faoliyati 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 81 ta ish o‘rni yaratilib, 50 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratildi. Ikkinchi bosqichda yana 59 ta ish oʻrni va 100 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratiladi. Uchinchi bosqichda yana 180 ta ish oʻrni yaratilib, quvvatlar 150 ming mashina komplektga oshiriladi.
“KCC PAINTS” MChJ – avtomobillar uchun lak-bo‘yoq materiallari ishlab chiqarish tsexi bo‘lib, unda aralashtirish, kolerovka, ranglarni uyg‘unlashtirish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,35 gektar yer maydonida joylashgan.
Kompaniya AQSh, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Vyetnam, Turkiya, Germaniya kabi dunyoning 12 mamlakatida fut printlarga ega. Kompaniyaning hamkorlari: avtomobil ishlab chiqarish gigant konsern Hyundai Motor Company va Kia Motors Corporation, Britaniya silikon mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Basildon korxonasi hamda DuPont – Paints & Coatings korxonasidir.
“YOUNGSAN” MChJ – old/orqa avtomobillar o‘rindiqlari ishlab chiqaruvchi tsex bo‘lib, u yerda ko‘pikli poliuretanni bosim ostida quyish, yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va materialni aniqlash kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,44 gektar yer maydonida joylashgan.
Ommaviy ishlab chiqarishni boshlash 2024-yil avgust oyidan rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi bosqichda (2025-yildan) bichish, tikish, qistirma materiallari, to‘ldirish, pardozlash, kesish, birlashtirib tikish, qayirish, nuqtaviy payvandlash, CO2 payvandlash, silliqlash, yarim yig‘ish kabi jarayonlar mahalliylashtiriladi.
“DMC JIZZAKH” MChJ – avtomobillar eshiklari, derazalari, shiftlari, yukxonalari va dvigatel bo‘linmasi uchun rezina qistirmalari ishlab chiqarish tsexi bo‘lib, unda CMBni qorish va FMBni maromiga yetkazish, multishnekli ekstruziya, vulkanizatsiya, mayda yig‘ish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,35 gektar yer maydonida joylashgan.
Kompaniyaning asosiy hamkori DMC Inc. (Janubiy Koreya). Shuningdek, kompaniya GM Korea, GM Brasil, GM North America va UzAuto Motors kompaniyalari bilan yetkazib berish kelishuvini imzolagan.
“ADM STAMPING” MChJ – avtomobillar kuzovining shtamplangan panellarini ishlab chiqaruvchi korxonadir. Tsexta po‘lat listlarini kesish, avtomobillar kuzov qismlarini shtamplash va ularga shakl berish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2024-yilning 17-yanvarida tashkil topgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 4,7 gektar yer maydonida joylashgan, shundan 12 000 kv.m. – ishlab chiqarish maydonidir.
2025-yil uchun kutilayotgan ishchi xodimlar soni 74 nafarni tashkil etadi va ishlab chiqarish hajmining ortishida esa ishchi xodimlarning maksimal soni 150 kishiga yetkaziladi. Korxonaning quvvati yiliga 120 ming panel to‘plamlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan.
Panellarni presslar o‘rtasidagi transferida Janubiy Koreyaning ABB kompaniyasining zamonaviy 6 o‘qli robotlari qo‘llaniladi. Bugungi kunda korxona Kia Corporation, Hyundai Steel, Posco Steel, Hanwoo Global va Hyundai Corporation bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“ADM ELECTRICS” MChJ avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar: elektr komponentlar, shuningdek HVAC (isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash) tizimi uchun komponentlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Tsexda kesish, germetizatsiyalash, siqish, yig‘ish va sinovdan o‘tkazish kabi jarayonlar mahalliylashtirilgan. Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi 1,4 gektar yer maydonida joylashgan.
Ehtiyot qismlarni seriyaviy ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning 15-apreldan belgilangan. Yillik mahsulotlar hajmi: 100 000 ta avtomobil uchun sim jgutlari, 50 000 dona – multimedia tizimlari, dvigatel havo filtri, avtomobil antennalari va oyna ko‘targichlari, shuningdek, isitish, shamollatish va havoni tozalash tizimlari.
Kyungshin Corporation, DOOWON Climate Control, KM Digitech, DH Autoware, INZI Controls, A&P Machinery, INFAC, BZW, EMDEP TestBoards, Aptiv, Sumitomo Wiring System, Jeongwoo Industry, Korea Electric Terminal, UJU Electronics, HellermannTyton, Molex, TE Connectivity, Taeyoung Tape’lar kompaniyaning hamkorlaridir.
Bizning afzalliklarimiz
- 10
- yildan beri bozorda
- 3 600+
- tajribali xodimlar
- 21
- kompaniyalar
- 6
- portfoliodagi brendlar
- 60+
- dillerlik markazlari
- 64 500+
- 2014 yildan beri sotuvlar soni
Bizning manzil
- “ROODELL” MChJ
- Toshkent sh., Sergeli tumani, Yangi Sergel ko‘ch., 7-uy
- “ADM JIZZAKH” MChJ, Toshkent shahridagi ofis
- Toshkent, Muqimiy ko‘chasi
- “ADM JIZZAKH” MChJ, zavod manzili
- Jizzax viloyati, Sharaf Rashidov tumani
- “ADM COMPONENT” MChJ
- Jizzax viloyati, Sharaf Rashidov tumani
- “ADM ELECTRICS” MChJ
- Andijon viloyati, Asaka sh., Marg‘iloniy ko‘chasi, 65-uy
Yangiliklar
Biz nimalar bilan shug‘ullanamiz va raqobatchilarimizdan bizni ajratib turadigan jihatlar qanday
ADM Global mijozlarning tomonidan yuqori darajadagi ishonchiga ega ishonchli hamkor bo‘lib, yuqori sifatli xizmatlarni taklif etadi va hamkorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashi uni sohadagi yetakchilardan biriga aylantiradi.
ADM Global ishonchlilik va professionallik, mijozlarga bo‘lgan ehtiyotkor munosabat va ishlab chiqarish, sotuv, kafolat, avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish, shuningdek moliyaviy dasturlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli xizmatlar bilan ajralib turadi.