- Bosh sahifa
- Yangiliklar
01.09.2026
35 yil olg‘a harakat
ADM kompaniyalar guruhi O‘zbekiston xalqini Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
O‘zbekiston tarixi mamlakat, iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan turli xil voqea-hodisalarga boydir. Bugun biz yashash, o‘qish, mehnat qilish, bunyod etish baxtiga muyassar bo‘lgan va haqli ravishda o‘z Vatanimiz bilan faxrlanish sharafiga sazovor bo‘lgan betakror O‘zbekistonni avlodlar davomida yurtdoshlarimiz bunyod etgan.
Ushbu kunda biz davlatimizni rivojlantirishga qo‘shgan umumiy hissamiz uchun bir-birimizdan minnatdormiz. Avtosanoat sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya sifatida biz respublika avtomobil sanoatini yaratish boshida turganlarning mehnati va jasoratini alohida e’tirof etmasligimiz mumkin emas. O‘zbekiston avtosanoati istiqlolimizning yaqqol timsoli hisoblanadi. Zero, mustaqil yurtda eng dadil g‘oyalarni orzu qilish va hayotga tatbiq etish mumkin.
ADM O‘zbekiston rahbariyatiga va shaxsan davlat rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga bugungi kunda respublikamiz shiddat bilan taraqqiy etayotgan yo‘nalish uchun samimiy minnatdorchilik izhor etadi. Yildan yilga iqtisodiyotda investitsiyalar, biznes, qurilish, ishlab chiqarish, savdo va boshqalar uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Aynan ochiq iqtisodiyot va bugungi kunda yangi O‘zbekistonda barpo etilgan imkoniyatlar ADM’ga o‘z vaqtida kichik avtomobil biznesidan mamlakat avtomobil sanoatining asosiy ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini berdi. Bugun bu kompaniya o‘z tarkibida 5 ming nafardan ortiq xodimlarni birlashtirib, O‘zbekistonning zamonaviy mobilligini shakllantirmoqda.
Jonajon O‘zbekistonimizni mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Go‘zal yurtimizga ravnaq, farovonlik, ezgulik va musaffo osmon tilaymiz!