- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
04.02.2025
ADM Jizzakh ISO 9001:2015 sertifikatini oldi
![ADM Jizzakh ISO 9001:2015 sertifikatini oldi](/uploads/news/2796c7542a76.webp)
2025-yil 31-yanvar kuni ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh avtomobil zavodi Bureau Veritas tomonidan ISO 9001:2015 sertifikatini oldi. Ushbu sertifikat korxonaning ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida yuqori sifat standartlariga va samarali boshqaruvga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Sertifikatlash jarayoni biznes-jarayonlarni har tomonlama baholashni o‘z ichiga olishi, ichki amaliyotlarni maqbullashtirish va mijozlarning qoniqishini oshirish imkonini beradi. Zavod zamonaviy bozor talablariga javob berishga intilgan holda, innovatsiyalar va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan.
Sertifikatning olinishi jamoaning uyg‘un holda ishlashi va hamkorlarning qo‘llab-quvvatlashi natijasi bo‘ldi. Kelgusida ADM Jizzakh – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan birinchi avtomobil zavodi avtomobilsozlik sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yangi marralarni zabt etishda davom etadi.