23.05.2024

Izotermik furgon yoki refrijeratorli furgon? Optimal yechimni Hyundai Trucks Uzbekistan bilan birgalikda izlaymiz

Izotermik furgon yoki refrijeratorli furgon? Optimal yechimni Hyundai Trucks Uzbekistan bilan birgalikda izlaymiz

Yuk mashinasi kuzovining toʻgʻri turini tanlash, ayniqsa, tez buziladigan tovarlarni tashish haqida gap ketganda, oson ish emasdir. Bu savol ayniqsa bizning jazirama yoz sharoitlarimizda dolzarb boʻladi. Eng mashhur va iqtisodiy jihatdan afzal variantlar – bu izotermik va refrijeratorli furgonlardir. Keling, biznesingiz uchun eng optimal mos tanlovni amalga oshirish maqsadida Hyundai Trucks Uzbekistan bilan birgalikda ularning farqlari va afzalliklarini koʻrib chiqamiz.

Izotermik kuzov. Bu turdagi kuzov yuk boʻlimi ichida barqaror haroratni saqlab turish uchun moʻljallangan termo izolyatsiya qilingan konstruksiyadir. Termo izolyatsiya qiluvchi materialdan ishlangan koʻp qatlamli devorlar tufayli kuzov yukni atrof muhit haroratining keskin oʻzgarishlaridan himoya qiladi. Bu tez buziladigan tovarlarni qisqa masofalarga yoki qisqa vaqt orligʻida tashish imkonini beradi.

Izotermik kuzovning afzalliklari:

  • Refrijeratorli kuzovli yuk mashinasiga nisbatan ancha qulay narx.
  • Foydalanish va texnik xizmat koʻrsatilishining osonligi.
  • Qoʻshimcha faol sovutish tizimlarining mavjud emasligi yoqilgʻi sarfini kamaytiradi.

Izotermik kuzovning kamchiliklari:

  • Tovarlarning sovutilgan yoki isitilgan holatda saqlash muddatining cheklanganligi.
  • Yuklashdan oldin kuzovni oldindan sovutish yoki isitish zarurati.

Refrijeratorli kuzov. Bu oʻrnatilgan sovutish yoki isitish tizimiga ega boʻlgan maxsus kuzov boʻlib, u uzoq vaqt davomida yuk boʻlimi ichida belgilangan haroratni saqlab turish imkonini beradi. Bu tez buziladigan mahsuotlarni uzoq masofalarga tashishda yoki sovitilgan yoki muzlatilgan holatda uzoq muddatli saqlash talab qilinganda ideal yechimdir.

Refrijeratorli kuzovning afzalliklari:

  • Belgilangan haroratni butun marshrut davomida saqlab turish imkoniyati.
  • Tovarlarning kerakli holatda saqlashning uzoqroq muddati.
  • Kuzovni oldindan sovutish yoki isitish zaruratining mavjud emasligi.

Refrijeratorning kamchiliklari:

  • Xarid qilinish va foydalanish narxi izotermik kuzovli yuk mashinasiga nisbatan yuqori (sovutish tizimini ishlatish uchun yoqilgʻining sarfi).
  • Sovutish tizimini muntazam parvarishlashning zarurati.
  • Haydovchilardan qoʻshimcha malakani talab etadigan izotermik kuzovga nisbatan murakkabroq konstruktsiya.

Izotermik va refrijeratorli kuzovlar oʻrtasidagi tanlov, biznesning oʻziga xos xususiyatlariga, tashiladigan yuklarning turiga, masofalar va vaqt oraligʻiga bogʻliqdir. Agar kompaniyaning ishi tez buziladigan tovarlarni qisqa masofalarga yoki bir necha soat davomida tashish bilan bogʻliq boʻlsa, izotermik kuzov xarajatlar va foydalanish qulayligi nuqtai nazaridan optimal yechim boʻlishi mumkin. Biroq, agar uzoq yoʻnalishlar yoki qat’iy belgilangan harorat rejimini saqlash zarurati haqida gapiradigan boʻlsak, bunda refrijerator tashiladigan yuklarning yuqori darajadagi xavfsizligi va sifatini ta’minlay oladigan eng maqbul tanlov boʻladi.

Hyundai Trucks Uzbekistan ishbilarmonlarga, Oʻzbekistonda xususiy sarmoyalar hisobidan qurilgan ilk avtomobil zavodi boʻlgan ADM Jizzax zavodi hududida Hyundai Mighty EX8 negizida yigʻilgan furgonlarning ikkala variantini taklif etadi. 4200 mm ga teng ekstra uzun gʻildirak bazasiga ega va shassisining umumiy uzunligi 7370 mm ga teng boʻlgan Mighty’ning yigʻilishi yoʻlga qoʻyilib boʻlgan. Bu 26,3 kubometr hajmli keng izotermik va refrijeratorli kuzovlarni oʻrnatilishiga imkon yaratdi! Kuzovlarning ichki oʻlchamlarining uzunligi 5700 mm, kengligi 2100 mm va balandligi 2200 mmga teng. Oʻlchamlar palletlarni qulay yuklash va joylashtirish uchun maxsus moʻljallangan boʻlib, bu “oʻlik” boʻshliqning mavjud boʻlishiga yoʻl qoymaydi, takelaj halqalari esa yuklarni ishonchli tarzda mahkamlash imkonini beradilar. Mazkur furgonlarning yuk koʻtarish qobiliyati 3665 kg ga yetishi mumkin.

Turbopurkashli va Common Rail tizimiga ega, hajmi 3907 kub. sm boʻlgan, 4 silindrli D4DD dizel dvigateli Hyundai Mighty’ni harakatga keltiradi. Ishonchli va xizmat koʻrsatishda oson boʻlgan ushbu motor 2800 ayl/daqiqada 140 ot kuchi quvvatini va 1600 ayl/daqiqada 380 Nm maksimal aylantruvchi momentni ta’minlaydi. Dvigatel Yaponiyaning Denso kompaniyasining ishonchli va samarali yoqilgʻi tizimi bilan jihozlangan.

Ishlab chiqaruvchi haydovchi ish joyining ergonomikligiga ham yetarlicha ahamiyat qaratgan. Hyundai Mighty’ning interyeri turli yo‘l va iqlim sharoitlarida qulay haydash uchun mo‘ljallangan. Shamollatish va isitish tizimi yilning istalgan vaqtida kabinada qulay haroratni kafolatlaydi, konditsioner esa barcha komplektatsiyalarda mavjud.

Audio tizimi radio, AUX, USB, Bluetooth va ruldagi boshqaruv tugmalari bilan jihozlangan.

Tirsak tayanchi va sozlanuvchi bel tayanchiga ega boʻlgan, dastakli-prujinali asosga ega podveskaga asoslangan haydovchining oʻrindigʻi qoʻshimcha qulaylikni ta’minlaydi. Bosh tayanchlari balandligi boʻyicha sozlanadilar, haydovchi oʻrindigʻi esa keng lateral tayanchga ega. Bort kompyuteri funksiyasiga ega displey avtomobilning holati haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi va texnik xizmat koʻrsatish zarurati haqida xabar beradi. Audio tizimi boshqaruv tugmalari va koʻp funksiyali rul osti oʻzgartirgichlariga ega boʻlgan zamonaviy multirul avtomobilning turli funktsiyalarini qulay boshqarilishini ta’minlaydi.

Izotermik kuzovli Hyundai Mighty quyidagi faoliyat turlari uchun juda mos keladi:

  • Yangi pishirilgan non mahsulotlari va qandolat mahsulotlarini doʻkon va savdo shoxobchalariga yetkazib berish. Izotermik kuzov mahsulotning ta’mi va yangiligini saqlab qolishga imkon beradi.
  • Sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar / omborlardan shahar yoki bir viloyat hududi ichidagi supermarketlar va chakana doʻkonlarga tashish. Termo izolyatsiyasining mavjudligi tufayli tashilishda sut, yogurtlar va boshqa sut mahsulotlarining sifati buzilmaydi.
  • Sovutilgan yarim tayyor mahsulotlarni omborxonalar hamda restoranlar va tez ovqatlanadigan kafelar kabi umumiy ovqatlanish shahobchalari orasida tashish. Izotermik kuzov yarim tayyor mahsulotlarning muzdan tushishi va buzilishiga imkon bermaydi.
  • Yangi uzilgan gullar va oʻsimliklarni gul doʻkonlari va ulgurji bazalarga yetkazib berish. Termo izolyatsiya qilingan kuzov ularning yangiligini va haridorgirligini saqlashga yordam beradi.

Ikkinchi tomondan, refrijerator kuzovli Hyundai Mighty quyidagi faoliyatlar bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun juda mos keladi:

  • Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini (goʻsht, baliq, dengiz mahsulotlari) ishlab chiqaruvchilardan ulgurji tarqatish markazlarigacha uzoq masofali tashish. Refrijerator mahsulotlar uchun barqaror past haroratni ta’minlaydi.
  • Sovutilgan dorilar va emlash vositalarini omborxonalar va tibbiyot muassasalari oʻrasida tashish. Bu yerda haroratning qattiy saqlanishi juda muhimdir.
  • Yirik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan yangi sabzavot va mevalarni mamlakat boʻylab savdo tarmoqlariga yetkazib berish. Refrijerator tez buziladigan yuklarning buzilishiga yoʻl qoʻymaydi.
  • Muzlatilgan yarim tayyor mahsulotlarni uzoq masofaga umumiy ovqatlanish korxonalariga tashish. Refrijerator mahsulotlarni uzoq muddatli tashilishda saqlanishini kafolatlaydi.

Ta’kidlash joizki, yuklarning saqlanishini ta’minlash hamda mijozlar talablarini qondirish maqsadida, tanlanadigan kuzov turidan qat’i nazar, tez buziladigan tovarlarni tashish boʻyicha barcha talablar va belgilangan harorat rejimlariga qat’iy rioya qilish muhimdir.

Yodda tuting, tez buziladigan tovarlarni muvaffaqiyatli tashish va biznesingiz obroʻsi uchun kuzovning turini toʻgʻri tanlanishi juda muhimdir. Eng foydali va samarali qaror qabul qilish uchun barcha omillarni sinchiklab oʻylab koʻring va mutaxassislar bilan maslahatlashing.

Bundan tashqari, Hyundai Trucks Uzbekistan tayyor kuzovlarga ega boʻlgan xaridorlarga davalcheskiy shassilarni yetkazib berishi va ularni oʻrnatishda koʻmaklashishi mumkin. Bazaviy shassining narxi 499 900 000 soʻmni tashkil etadi.

Hyundai Truck & Bus’ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi hisoblanadi.

Xususiyatlar, mavjud komplektatsiyalar, lizing hamda foizsiz boʻlib toʻlashning narxlari va shartlari bilan rasmiy sayt va tezkor telefon raqami orqali tanishish mumkin:

www.hyundaitrucks.uz

+998 55 512 11 11

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish