ADM COMPONENT

“ADM COMPONENT” MChJ kuzov va shassining quyidagi butlovchi qismlarini ishlab chiqarish va sotuvi bilan shugʻullanadi: kuzovning konstruksiyasi, eshik ramasi va shveller, koʻndalang balka va torsion balka (2024-yilning IV choragidan). Korxona 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,55 gektar yer maydonida joylashgan.

Seriyaviy ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning 15-apreldan belgilangan. Kompaniya Kia Sonet modeli uchun kuzov qismlarini mahalliylashtirilgan yetkazib berishga ixtisoslashgan.

Kompaniyaning faoliyati 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 81 ta ish o‘rni yaratilib, 50 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratildi. Ikkinchi bosqichda yana 59 ta ish oʻrni va 100 ming mashina komplektga mo‘ljallangan quvvatlar yaratiladi. Uchinchi bosqichda yana 180 ta ish oʻrni yaratilib, quvvatlar 150 ming mashina komplektga oshiriladi.