ADMС DASAN

“ADMC DASAN” MChJ avtomobillar uchun plastik butlovchi qismlar: old/orqa bamperlar, eshik qoplamalari, tom usti reylinglari, markaziy konsol va boshqa plastik butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxonada yirik o‘lchamli termoplast avtomatlarining zamonaviy texnologik liniyasi va ultra va termik payvandlash uchun robotlashtirilgan yig‘ish uskunalari mavjud. ADMC DASAN 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Jizzax” EIZsidagi 0,62 gektar yer maydonida joylashgan.

2024-yil uchun kutilayotgan ishchi xodimlar soni 70 kishini tashkil etadi. Kompaniya Kia Sonet modeli uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarishga asoslangan. Seriyali ishlab chiqarishning boshlanishi – 2024-yilning may oyidan belgilangan. Roodell” MChJ va DASAN DMC Corp., shunungdek, Unico Logistics, SJ Logistics, Taewoon Logistics, Pantos, Benma kabi yirik logistika kompaniyalari, Woojin Plaimm, Dong Yang Plawel kabi uskunalar yetkazib beruvchilari hamda ilmiy-tadqiqot va eksperimental-loyihalashtirish ishlari (ITELI) bo‘yicha hamkor bo‘lgan Seoyon E-Hwa Corp – Kompaniyaning hamkorlari hisoblanadilar.