- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- /uploads/video/adm-global.mp4
- FINCOM Leasing Group
FINCOM Leasing Group
“FINCOM” Oʻzbekistondagi avtomobil biznesi sohasidagi eng yirik lizing kompaniyasi hisoblanadi va 2016-yildan beri lizing faoliyati bilan shugʻullanib keladi (“SOFT LEASING” – 2016-yildan, “FINCOM” – 2018-yildan va “FINCOM RENT” – 2022-yildan). Xodimlar shtati, shu jumladan 12 ta mintaqaviy filialni qoʻshganda 60 nafardan ortdi.
“FINCOM” bitimlar soni boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik 5 ta lizing kompaniyalari tarkibiga kiradi, Oʻzbekiston Lizing Assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi va 2019-yil yakunlari boʻyicha jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish hajmi boʻyicha eng zoʻr kompaniya deb tan olingan. Bundan tashqari, 2020, 2021, 2022 va 2023-yillarda “FINCOM” tuzilgan bitimlar hajmi va lizing portfeli hajmi boʻyicha lizing beruvchilarning TOP-10 qatoriga kirdi, avtomobil lizingi bozorida yetakchi hisoblanadi.
Kompaniya faoliyati davomida jismoniy shaxslar bilan 3 000 dan ortiq lizing shartnomalari va 15 000 mingdan ortiq moliyaviy ijara shartnomalarini tuzdi. “FINCOM” – LADA LEASING, KIA LEASING, CHERY LEASING, HAVAL LEASING va GAZ LEASING dasturlarining bosh moliyaviy hamkori va tashkilotchisidir.