19.07.2024

ADM Global Oʻzbekistonda 1000-chi Kia Sonet avtomobilini sotilishiga muvaffaq bo‘ldi

ADM Global Oʻzbekistonda 1000-chi Kia Sonet avtomobilini sotilishiga muvaffaq bo‘ldi

Kia brendining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan 1000-chi avtomobilning kaliti egasiga topshirildi. 

16-iyul kuni Kia Sergeli rasmiy dilerlik markazida 1000-chi Sonet avtomobilining tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Yubileyli Sonet’ning baxtli sohibiga Kia’ning istalgan rasmiy servis markazida 2 ta texnik xizmat koʻrsatish uchun sertifikat va Brendning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Toʻrt oydan kamroq muddat davomida 1000 ta avtomobilning sotilishi Oʻzbekiston avtomobil reytingida yetakchi oʻrinlarni egallashga imkon beradigan muhim yutuqdir.

Kia Sonet: Ixcham krossoverlar dunyosidagi yangi qadam.

Kia Sonet oʻzining so‘ngi urfga hos dizayni, a’lo darajadagi samaradorligi va ilgʻor texnologiyalari tufayli ixcham krossoverlar segmentidagi yangi standartlarni oʻrnatmoqda. Hoh tashqi koʻrinish boʻlsin, hoh salonning qulayligi yoki funktsional imkoniyatlar boʻlsin, Sonet haydovchilarning talablarini to‘liq qondira oladi. Kia avtomobil sanoatida yangi standartlarni oʻrnatishda davom etmoqda va Sonet brendning avtomobillarni yaratishga boʻlgan ilgʻor yondashuvining yorqin namunasidir.

Kia Sonet yoʻllarda oʻziga xoslikni ta’kidlay oladigan ixcham krossoverni izlayotganlar uchun ishonchli tanlovdir. Uning mustahkam konstruktsiyasi, boy ichki jihozlanishi va dinamik xususiyatlari kichik avtomobillarda ham katta imkoniyatlar mavjud boʻlishi mumkinligini tasdiqlaydi.

Avtomobillarning xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan brendning saytida yoki Kia’ning rasmiy dilerlik markazlarida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt: kia.uz

Facebook: fb.com/KiaUzbekistan

Instagram: @kia__uzbekistan

Telegram: t.me/kiauzbekistanbot

YouTube: kiauzbekistan

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish