23.08.2024

Qobul shahrida o‘tkazilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida Kia, CHERY va HAVAL namoyish etildi

Qobul shahrida o‘tkazilgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida Kia, CHERY va HAVAL namoyish etildi

17-21-avgust kunlari Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida “O‘zbekiston – Afg‘oniston” biznes-forumiga doirasida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Kia, CHERY va HAVAL avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi ham ishtirok etdi.

ADM Global ko‘rgazmada Kia Sonet, Kia Sorento, Kia Bongo, CHERY Tiggo 8 Pro Max, HAVAL Dargo va GWM Wingle 7 kabi mashhur avtomobil modellarini taqdim etdi. Namoyish etilgan modellarga ko‘plab tashrif buyuruvchilarda qiziqish uyg‘otib, ular avtomobillarning texnik xususiyatlari va opsiyalari bilan batafsil tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bu yetakchi o‘zbek kompaniyalari mahsulotlarini, xususan, avtomobil texnikasi va boshqa tovarlarni namoyish qilish uchun yaratilgan maydon. Ko‘rgazmaning maqsadi esa eksport shartnomalarini tuzish, O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashdir.

ADM Global kompaniyalar guruhi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar adm.uz rasmiy saytida taqdim etiladi.

ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan brendlar avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan quyidagi saytlarda tanishishingiz mumkin: kia.uz, cheryauto.uz, haval.uz, hyundaitrucks.uz.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish