10.06.2024

2024-yil may oyidagi HAVAL brendining O‘zbekistondagi sotuvlari natijalari

2024-yil may oyidagi HAVAL brendining O‘zbekistondagi sotuvlari natijalari

HAVAL (Great Wall Motor) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yil may oyi uchun HAVAL avtomobillarini sotuvlari natijalarini e’lon qildi – xaridorlarga jami bo‘lib 93 dona H6, Jolion va M6 modellari taqdim etildi.

2024-yilning may oyida H6 modeli HAVAL brendiga mansub krossoverlar umumiy sotuvlarining 51 foizini tashkil etib, sotuvlar bo‘yicha peshqadamga aylandi.

H6 xaridorlarining tarkibi tahlili shuni ko‘rsatdiki, ushbu model xaridorlarining 70 foizi erkaklar bo‘ldi. Bundan tashqari, HAVAL H6’ni xarid qilgan mijozlarning 95 foizi 30 yoshdan yuqori yosh toifasiga tegishli bo‘lib, hisobot davrida xaridorlar orasida krossoverning eng mashhur rangi esa, mijozlarning 79 foiz tomonidan tanlangan qora rang bo‘ldi.

Top darajadagi 211 ot kuchiga ega 2,0T (4N20) dvigatellik HAVAL H6 Premium komplektatsiyasi peshqadamga aylandi – may oyida chiqarilgan H6 modellar umumiy sonining 45 foizi. Panoramik tom, sun’iy charmli o‘rindiqlar qoplami, orqa eshikning elektr privodi, orqa oynalarning tonirovkasi, old oynadagi proyektsion displey, 12,3 dyuymli rangli sensorli displeyga ega multimedia tizimi, audiotizimning 8 karnayi, 225/55 o‘lchamdagi shinalarga ega 19 dyuymli yengil qotishmadan ishlangan disklar, ionlash funksiyasiga ega havo tozalagich va hokazolar kabi optsiyalar mavjud bo‘lgan Top darajadagi kompkektatsiyasi xaridorlarni o‘ziga jalb qila oldi.

Xaridorlarga yetkazilgan avtomobillar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni 143 ot kuchiga ega bo‘lgan 1.5T (4G15K) dvigatel bilan jihozlangan Jolion modeli egalladi, uchinchi o‘rinni esa – M6 modeli.

Prestige va Premium kompkektatsiyalari xaridorlarga manzuur bo‘ldilar – 45 foizdan. Prestigeda eshik derazalarining xromlangan chetlari, eshiklarning xromlangan moldinglari, yorug‘lik diodli (LED) faralar, 7 dyuymli ekranga ega raqamli qurilmalar paneli, audio tizimining 6 ta dinamiklari, avtomatik 2 zonali iqlim-nazorati, 360° aylanasiga ko‘rish uchun kameralar tizimi, shuningdek harakat rejimini (Standard / Eko / Sport / Qor) tanlash imkoni va hokazo optsiyalar mavjudligini ta’kidlash joiz. Top darajadagi Premium kompkektatsiyasi panoramik lyuk, 225/55 o‘lchamdagi shinalarga ega 18 dyuymli yengil qotishmadan ishlangan g‘ildirak disklari, 6 yo‘nalishda elektron tarzda sozlanadigan haydovchi o‘rindig‘i, avtoyetkazuvchi va siqilishdan himoya qilish funktsiyasiga ega old va orqa elektr oyna ko‘targichlar, barcha eshiklar oynalarini masofadan turib ochish va yopish funksiyasi, old parkovka datchiklari va hokazolar mavjudligi bilan ajralib turadi.

Mashhur HAVAL Jolion krossoveri xaridorlarining 68 foizi erkaklarga to‘g‘ri keldi. Ushbu modelning xaridorlari uumumiy sonining 89 foizi 30 yoshdan oshgan insonlar edilar. Shunisi qiziqki, may oyida Jolion’ning eng xaridorgir rang variantlari, sotilgan ushbu qator avtomobillarning umumiy sonining 39 foizini tashkil etgan qora va oq ranglari bo‘ldilar.

HAVAL M6 may oyida sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha bor yo‘g‘I 3-o‘rinni egallagan bo‘lsada, avtomobil 2024-yil 1-iyunga qadar tuzilgan shartnomalar soni bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 142 dona M6 yuzasidan shartnomalar tuzilgan va tez muddatlarda ularning xaridorlarga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, avtomobillarning 72 foiz qora va 22 foiz oq ranglidir.

HAVAL M6 O‘zbekistonda ikki Comfort va Premium kompkektatsiyalarda taqdim etilgan. 143 ot kuchiga ega GW4G15F dvigateli bilan jihozlangan Comfort 3,5 dyuymli yorqinligi sozlanadigan raqamli qurilmalar paneli, orqa o‘rindiqlar yo‘lovchilari uchun havo oqimi deflektorlari, old va orqa elektr oyna ko‘targichlar, rul osti almashtirgichlarga ega poliuretanli rul chambaragi va holazolar kabi optsiyalarni o'z ichiga oladi. Premium kompkektatsiya tom usti reylinglari, tumanga qarshi old faralar, rul osti almashtirgichlarga ega ko‘p funktsiyali rul chambaragi, orqa parkovka datchiklari, statik chiziqlaga ega ortni ko‘rish kameralari, kruiz nazorati, shuningdek, haydovchi tomonidan kalitsiz kirish tizimi va hokazolar bilan to‘ldirilgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, HAVAL avtomobillarining Top darajadagi kompkektatsiyalari ko‘rinmas zonalar monitoringi tizimi (BSD), yo‘l bo‘lagini o‘zgartirishga yordam tizimi (LCA), orqadan to‘qnashuv haqida ogohlantirish (RCW), eshikni ochishda tosqnlik haqida ogohlantirish (DOW) kabi ko‘plab boshqa qo‘shimcha faol va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadilar.

HAVAL H6 O‘zbekistonda kulrang, qizil, jigarrang, oq va qora ranglarda mavjud, o‘z navbatida Jolion – samoviy ko‘k, qora, yashil, kulrang, qizil va oq ranglarda, M6 esa – oq, kulrang va qora ranglarda mavjud.

Ta’kidlash joizki, barcha HAVAL modellari uchun bo‘lgan talab va tuzilayotgan yangi shartnomalar mijozlarning avtomobil brendiga bo‘lgan ishonchidan dalolat beradi.

HAVAL brendiga mansub bo‘lgan avtomobillarning O‘zbekistonda ishab chiqarilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan, ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi, O‘zbekistondagi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan birinchi avtomobil zavodi bo‘lgan, ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVALning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail: info@haval.uz

Telegram: @haval_uzb

Instagram: @haval_uzbekistan

Facebook: @haval.uz

YouTube: @HAVALUzbekistan

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish