05.12.2024

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuv natijalari

2024-yil noyabr oyi bo‘yicha Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuv natijalari

Kia

Kia O‘zbekistonda ommalashgan modellar sotuvini oshirishni davom ettirmoqda. 2024-yilning noyabr oyida umumiy sotuv hajmi 2 445 donani tashkil etdi. Bunday natija ham ommaviy segmentni, ham premium darajadagi avtomobillarni qamrab olgan keng turdagi modellar qatoriga barqaror qiziqishni namoyish etadi.

Ixcham bo‘lgan Sonet krossoveri salmoqli 1654 dona sotuvga erishib, umumiy hajmining 67,6 foizini egallashi, uni sotuvlar bo‘yicha o‘zgarmas yetakchi sifatida qoldirmoqda. Bunday ommaboplik arzon narx, tejamkorlik, shahar muhitidagi qulaylik va zamonaviy dizaynning uyg‘unligi bilan izohlanadi.

Ikkinchi o‘rinni 258 dona sotilgan avtomobillar (10,6 foiz) bilan ishonchli natijani ko‘rsatgan Sportage egalladi. Ushbu model o‘zgacha uslubli tashqi ko‘rinish, keng hajmli salon, ilg‘or texnologiyalar va yo‘ltanlamas sifatlarga ega imkoniyatlarning uyg‘unligi tufayli xaridorlar orasida sevimli bo‘lib qolmoqda. Sportage uzoq vaqtdan beri o‘zini shahar va uzoq safarlar uchun mos keladigan keng qamrovli avtomobil sifatida ko‘rsatdi.

Noyabr oyida 179 dona sotilgan avtomobillar (7,3 foiz) bilan iste’molchilari orasida ommaviyligi bo‘yicha uchinchi Kia modeli sifatida K5 avtomobili bo‘ldi. K5 qulaylik, ilg‘or texnologiya va jo‘shqinlik o‘rtasidagi muvozanatni izlayotgan auditoriyaga mo‘ljallangan o‘ziga xos va ommabop sedan o‘rnini egallaydi.

Sorento va Carens sotuvi bo‘yicha 176 dona (7,2 foiz) natijasi bilan munosib ko‘rsatkichlarni namoyish etdi.

Sorento – bu qudratli dvigatel, keng hajmli interyer va yuqori darajadagi xavfsizlikni o‘zida mujassam etgan flagmanli yo‘ltanlamas. Model, ayniqsa, oilaviy safarlar, uzoq muddatli sayohatlar va har qanday sharoitda foydalanish mumkin bo‘ladigan avtomobilni izlayotgan xaridorlar orasida mashhur. Sorento’ning premium darajadagi opsiyalari uni qulaylik va zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydiganlar uchun jozibali tanlovga aylantiradi.

Carens, o‘z navbatida, ixcham oilaviy minivenlar segmentini taqdim etadi. Uning asosiy afzalliklari kenglik, qulaylik va ishonchlilik bo‘lib, uni oilalar uchun ajoyib yechimga aylantiradi. Carens keng imkoniyatlarga egaligi, zamonaviy ko‘rinishi va egasining turli ehtiyojlariga avtomobilni moslashish imkonini beruvchi salonning moslashuvchan konfiguratsiyasi bilan ajralib turadi.

Ikkala model ham oilaviy xaridorlarga mo‘ljallanganligi, yuqori darajadagi jihozlanishi hamda narx va sifatning muvozanatli uyg‘unligi tufayli barqaror talabni namoyish etmoqda.

Boshqa modellarning sotuvi noyabr oyi umumiy hajmining 7,3 foizini tashkil etdi.

Kia avtomobillari xaridorlari orasida erkaklar 65,7 foiz, ayollar esa 34,3 foizni tashkil etdi.

Yosh toifalari bo‘yicha eng ko‘p xaridlar 30-39 yoshdagi – 30,5 foiz, undan so‘ng 40-49 yoshdagi – 26 foiz va 50-59 yoshdagi – 22,3 foiz xaridorlar guruhlarida qayd etilgan bo‘lsa, 18-29 yoshdagi xaridorlar ulushi 9,8 foiz, 60-69 yoshdagilar – 10,4 foiz, 70 yoshdan kattalar – 1,1 foizni tashkil etdi.

Chery

2024-yilning noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 503 dona Chery avtomobillari sotilgan. Bu haqda mamlakatdagi Chery brendining rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyalar guruhi ma’lum qildi.

Sotuv bo‘yicha yetakchi modellar

1. Arrizo 6 Pro 2024 sedani (“C” toifasi)

Sotuv bo‘yicha 232 dona natija bilan Arrizo 6 Pro sedani yetakchi bo‘lib, umumiy sotuv hajmining 46,1 foizini tashkil qildi. Avtomobil o‘zgacha uslubli sport dizayni, charm bilan qoplangan saloni, shuningdek 360 gradusgacha doira bo‘ylab ko‘rish, adaptiv kruiz-nazorat, yo‘l qismida ushlab turish tizimi, qishki opsiyalarning to‘liq to‘plami kabi zamonaviy funksiyalarni o‘zida mujassamlashtirgan. Tejamkor 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan avtomobil zamonaviy texnologiyalar va jo‘shqin boshqaruvni xush ko‘ruvchi ishqibozlari uchun ajoyib ravishda mos keladi.

2. Tiggo 7 Pro 2024 krossoveri (“SUV-C” toifasi)

Ikkinchi o‘rinda – Tiggo 7 Pro krossoveri bo’lib, uning sotuv hajmi 199 donani (39,6 foiz) tashkil qildi. Bu premium dizayn, funksional salon, shuningdek 10,25 dyuymli multimedia va haydovchiga intellektual yordam tizimlarini o‘z ichiga olgan jihozlanishga ega keng hajmli oilaviy avtomobildir. Mazkur avtomobil oila hamda kundalik safar va sayohatlarda qulaylik va ishonchlilikni qadrlaydiganlar uchun mos keladi.

3. Tiggo 8 Pro 2024 krossoveri (“SUV-D” toifasi)

Uchinchi o‘rinni Tiggo 8 Pro flagmanli krossoveri egalladi. Noyabr oyida mazkur avtomobillardan 72 donasi sotildi (umumiy hajmning 14,3 foizi). Premium darajadagi 7 o‘rinli avtomobil keng saloni, ilg‘or xavfsizlik tizimlari va qudratli dvigateli bilan ajralib turadi. Uni yuqori darajali qulaylik va kenglikni qadrlaydigan katta oilalar va haydovchilar tanlaydi.

Sotuvlarning geografik taqsimoti

2024-yilning noyabr oyida eng ko‘p Chery avtomobillari Toshkent shahrida sotilgan – umumiy hajmning 36 foizi. Sotuv hajmi bo‘yicha keyingilari bo‘lib quyidagi hududlar hisoblanadi:

  • Buxoro viloyati – 11,7 foiz;
  • Samarqand viloyati – 11,1 foiz.

Qolgan hududlarning sotuvlari quyidagicha taqsimlandi:

  • Qashqadaryo viloyati – 7,1 foiz;
  • Xorazm viloyati – 6,9 foiz;
  • Navoiy viloyati – 5,0 foiz;
  • Jizzax viloyati – 4,8 foiz;
  • Namangan viloyati – 4,4 foiz;
  • Andijon viloyati – 3,8 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 3,8 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 3,0 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,4 foiz.

Xaridorlarning demografik tahlili

Noyabr oyida Chery avtomobillarini xarid qilgan jismoniy shaxslar orasida erkaklar 74,3 foiz va ayollar 25,7 foizni tashkil etdi. Yosh toifalari bo‘yicha xaridorlarning aksariyati 35 yoshdan kattalar bo‘lib (75,4 foiz), 35 yoshdan kichik bo‘lgan mijozlar ulushi esa 24,6 foizni tashkil etdi.

Haval

Haval (Great Wall Motor) kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yilning noyabr oyida 502 dona Haval avtomobillari sotilganini, mazkur ko‘rsatkich oktabr oyiga nisbatan 9 foizga ko‘pligini ma’lum qildi.

Umumiy sotuv hajmining 68,9 foizi o‘zining uzoq muddatdagi tejamkorligi, xavfsizligi, ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish qiymati arzonroq ekanligi va sig‘imliligi bilan oilaviy xaridorlarni o‘ziga jalb qiladigan Haval M6 krossoveriga tegishli bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni ixchamligi, ko‘p manyovrlar qila olish harakatchanligi va kundalik safarlarda qulaylikni ta’minlaydigan zamonaviy texnologik yechimlari bilan ajralib turadigan o‘zgacha uslubli shahar muhitiga moslashgan Jolion krossoveri egallab, ushbu avtomobildan 91 donasi (18,1 foiz) sotilgan.

Yetakchi uchlikni o‘zining ishonchliligi, qulayligi, xavfsizligi va o‘zgacha uslubga xos dizayni tufayli oilaviy xaridorlarning tanloviga aylangan Haval H6 yakunlab berdi. Mazkur avtomobildan 36 donasi (7,2 foiz) sotilgan.

To‘rtinchi o‘rinda joylashgan Haval Dargo o‘zining o‘tuvchanlik qobiliyati, qudrati va brutal dizayni bilan ajralib turishi, uni sarguzashtlar va shahar tashqarisiga bo‘ladigan  safarlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Mazkur avtomobildan 28 donasi (5,6 foiz) sotilgan.

Yuqori darajadagi yuk ko‘tarish imkoniyati, ishonchlilik va mukammal o‘tuvchanlik qobiliyatiga ega GWM Wingle 7 pikapi navbatdagi xaridori – hordiq olish maqsadida shahar tashqarisiga safar qilishni xush ko‘ruvchining e’tiborni tortdi va u tomondan xarid qilindi.

Sotuvlarning hududiy taqsimoti

Noyabr oyi yakunlariga ko‘ra, Haval sotuvlarining eng katta ulushini Buxoro viloyati namoyish etdi va Toshkent shahrini mos ravishda 20,9 foiz va 20,5 foiz ko‘rsatkichlari bilan ortda qoldirdi. Keyingi o‘rinlarni Samarqand viloyati (14,9 foiz), Surxondaryo viloyati (11,1 foiz), Navoiy viloyati (11,0 foiz), Andijon viloyati (7,0 foiz), Qashqadaryo viloyati (6,2 foiz), Namangan viloyati (5,6 foiz) va Farg‘ona viloyati (2,8 foiz) egalladi.

Xaridorlarning gender va yosh bo‘yicha taqsimoti

Haval avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar orasida erkaklar 78,1 foiz, ayollar 21,9 foizni tashkil etdi. 35 yoshdan oshgan xaridorlar 78,7 foiz, 35 yoshdan kichik xaridorlar ulushi esa 21,3 foizni tashkil etdi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish