07.11.2024

2024-yil oktabr oyida Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuv bo‘yicha statistikasi

2024-yil oktabr oyida Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining sotuv bo‘yicha statistikasi

Kia

2024-yil oktabr oyida O‘zbekiston bozorida Kia brendi avtomobillarining sotuv hajmi ajoyib natijalarni namoyish etdi, ya’ni 2350 dona sotilgan avtomobillar. Xaridorlarning e’tibori zamonaviy texnologiyalar, qulaylik va o‘tish qobiliyati mukammal uyg‘unlashtirgan krossoverlarga qaratilgan. Sotuv bo‘yicha yetakchi sifatida ixcham va tejamkor Kia Sonet krossoveri bo‘lib, sotilgan barcha Kia modellari umumiy sonining sezilarli ulushini egallagan.

Kia Sonet 1402 dona sotilgan avtomobillar bilan taassurotli natija bilan birinchi o‘rinni ishonchli tarzda egalladi. Bu ko‘rsatkich oktabr oyida Kia avtomobillari umumiy sotuvining 59,66 foizini tashkil etdi. Sonet hamyonbop narxi, jozibali dizayni bilan avtomobil ishqibozlari ishonchi va mehrini qozondi va shahar ichida va shahar tashqarisida safar qilish uchun mos keladi.

Sotilgan 336 dona (14,30 foiz) natija bilan Kia Sportage krossoveri ikkinchi o‘rinni egallashi, uning barqaror xaridorgir ekanligidan dalolat beradi. Keng salon va qudratli dvigatel Sportage’ni oilaviy safarlar va faol dam olish uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.

Yetakchi uchlikka 216 dona sotilgan va bozorning 9,19 foizini egallagan Kia K5 biznes-klass sedani kirdi. Nafis va jo‘shqin K5 qudratli xususiyatlari bilan uyg‘unlashgan uslub va qulaylikni qadrlaydiganlarni o‘ziga jalb qiladi.

Keyingi o‘rinlarda Kia Sorento va Kia Seltos krossoverlari bo‘lib, ularni mos ravishda 100 (sotuv ulushi 4,26 foiz) va 92 xaridorlar (3,91 foiz) tanladi. Sorento va Seltos o‘zining hajmi va qudrati bilan mashhur bo‘lib, katta oilalar va sayohat ishqibozlari uchun ajoyib tarzda mos keladi.

Shuningdek, oktabr oyida 72 dona (3,06 foiz) Kia Carens sotilgan. Mazkur krossven, ayniqsa, shahar muhiti uchun o‘lchamlari, zamonaviy dizayni muhim bo‘lgan xaridorlarning e’tiborini tortdi.

Kia Bongo tijorat avtomobili 36 dona (1,53 foiz) sotilgan. Bongo ishonchlilik va tejamkorlikning maqbul uyg‘unligini taqdim etib, kichik va o‘rta biznes uchun o‘zini munosib ekanligini isbotladi.

Xaridorlarini topgan boshqa modellar orasida Kia Carnival krossoveri (34 dona avtomobillar, 1,45 foiz), Kia Cerato sedani (32 dona avtomobillar, 1,36 foiz) va Kia K8 va K9 biznes-klass sedanlari mos ravishda 22 va 7 donani tashkil etdi. Ushbu avtomobillar o‘ziga xos uslubli va nufuzli yechimlarni afzal ko‘radigan tor doiradagi ixtisoslashgan auditoriya uchun mos keladi.

Alohida ta’kidlash joizki, ekologiyaga xavfsiz va innovatsiyaviy Kia EV6 elektr krossoveri oktabr oyida yagona nusxada sotilishi, umumiy hajmning 0,04 foizini tashkil etdi.

2024-yil oktabr oyida Kia avtomobillari xaridorlari auditoriyasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, brend mijozlarining aksariyati erkaklar bo‘lib, ularning ulushi 66,1 foiz, ayollar esa 33,9 foizni tashkil etdi. Yosh tarkibi bo‘yicha 31 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar Kia avtomobillariga eng ko‘p qiziqish bildirmoqda va umumiy sonning 34,2 foizini tashkil etmoqda. Keyingi guruhni 41-50 yoshdagi mijozlar tashkil etadi – ularning ulushi 26,2 foizni tashkil qiladi. 51-60 yosh toifasi jami xaridorlarning 19,7 foizi, 18-30 yosh toifasidagi yoshlar esa 10,6 foizini tashkil etadi. Xaridorlarning ozroq qismi – bu katta yoshdagi odamlardir: 8,2 foizi 61-70 yoshda va 1,1 foizi 71 yosh va undan katta.

Xulosa o‘rnida shuni qayd etish kerakki, 2024-yil oktabr oyida Kia avtomobillarini sotish natijalari O‘zbekistondagi xaridorlarning qulay va yuqori texnologiyali krossoverlarga qiziqishini tasdiqlaydi. Sotuv bo‘yicha yetakchilari – Kia Sonet va Sportage – qulaylik va hammaboplikni izlayotgan zamonaviy avtomobil ishqibozlari talablarini aks ettiradi.

Chery

2024-yilning oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Chery rusumli 734 dona avtomobillar sotilgan bo‘lib, mazkur sotuv hajmi joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 15,8 foizga ko‘pdir.

Sotuvlar bo‘yicha yetakchi – Tiggo 7 Pro. Sotuv hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni Tiggo 7 Pro egalladi. Ushbu modeldagi 477 dona krossoverlar sotilgan bo‘lib, O‘zbekistonda sotilgan Chery avtomobillari umumiy sonining 65 foizini tashkil qildi. Tiggo 7 Pro qudrati va yuqori texnologiyasining monand uyg‘unligi bilan xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi. 147 ot kuchiga ega 1,5-litrli turbo dvigatel va CVT variatori bilan jihozlangan avtomobil yonilg‘i sarfini tejash bilan jo‘shqin va barqaror ravishda avtomobil boshqarishini ta’minlaydi. Yuqori darajadagi qulaylikka charmdan qoplangan o‘rindiqlar, manzarali tom qismi, atmosferali yoritgich va qo‘shimcha qish mavsumi opsiyalari tufayli erishilishi, haydovchi va yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi sharoitlarni yaratadi.

Ikkinchi o‘rinni Arrizo 6 Pro egalladi. Arrizo 6 Pro sedani sotuv hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, uning oktabr oyida ulushi 25,3 foiz, ya’ni 186 donani tashkil etdi. Ushbu model o‘ziga xos uslubdagi dizayni, keng salon va zamonaviy texnologiyalari bilan ajralib turadi. Arrizo 6 Pro’ning asosiy xususiyatlari 10,25-dyuymli katta sensorli displey, kalitsiz kirish va dvigatelni ishga tushirish qulay tizimi, shuningdek, yuqori sifatli tovushni ta’minlaydigan oltita dinamiklarga ega audio tizimni o‘z ichiga oladi. Qulay interyer ikki hududli iqlim-nazorat, atmosferali yoritgich va isitish fuksiyasiga ega ergonomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi, uzoq muddatli safarlarni maksimal darajada qulay qiladi. Bundan tashqari, yonilg‘ining tejamkor sarfi – aralash siklda atigi 6,9 l/100 km – Arrizo 6 Pro’ni ishonchlilik va tejamkorlikni qadrlaydiganlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.

Tiggo 8 Pro Max uchinchi o‘rinda. Sotuvlar bo‘yicha uchinchi o‘rinni 71 dona sotilgan krossoverlar (9,7 foiz) bilan Tiggo 8 Pro egalladi. 2024-yilgi Tiggo 8 Pro Max qulaylik va xavfsizlikni o‘zida ifoda etadi. 245 ot kuchi quvvatiga ega 2,0-litrli dvigatel bilan jihozlangan avtomobil 8,4 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi. To‘liq uzatma va robotlashtirilgan DCT7 transmissiyasi har qanday sharoitda yo‘lda ishonchli harakatlanishni ta’minlaydi. Ikkitalik 12,3-dyuymli displey, doira bo‘ylab ko‘rish tizimi va 10 ta dinamiklarga ega SONY premium audio tizimi kabi yuqori texnologiyali funksiyalar Tiggo 8 Pro Max 2024’ni unumdorlik va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga intilayotgan talabchan mijozlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.

Xaridorlarning gender va yosh bo‘yicha taqsimlanishi.Chery avtomobillari xaridorlari o‘rtasidagi gender taqsimoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, mijozlarning 71,9 foizini erkaklar, 28,1 foizini esa ayollar tashkil etadi. Xaridorlarning yosh tarkibida 29,7 foizi – 35 yoshdan kichiklar, 70,3 foizi esa 35 yoshdan kattalardir. Ushbu ma’lumotlar Chery brendi turli xil ehtiyojlar va xohish-istaklarga javob beradigan modellarni taklif qilib, yosh avlod orasida ham, yoshi kattaroq xaridorlar orasida ham talab mavjudligini ko‘rsatadi.

Haval

2024-yilning oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, 485 dona Haval M6, Jolion, H6 va Dargo avtomobillari sotildi, bu joriy yilning sentabr oyiga nisbatan 5 foizga ko‘pdir.

Eng ommalashgan Haval modeli M6 bo‘lib qolmoqda. Oktabr oyida ushbu krossoverning 278 donasi sotilgan bo‘lib, O‘zbekistonda Haval brendi avtomobillari umumiy sotuv hajmining 57,3 foiziga to‘g‘ri keladi. M6 o‘zining uzoq muddatdagi tejamkorligi, xavfsizligi, ishonchliligi, xizmat ko‘rsatish qiymati arzonroq ekanligi, shuningdek, sig‘imliligi bilan oilaviy xaridorlarni o‘ziga jalb qiladi.

Ikkinchi o‘rinda 122 dona krossoverlar bo‘lgan natija bilan (25,2 foiz) Jolion modeli qoldi. Jolion ixcham va manyovrli, kundalik safarlarda qulaylikni ta’minlaydigan zamonaviy texnologik yechimlari bo‘lgan o‘ziga xos uslubga ega shahar krossoveri sifatida o‘zini namoyon etadi.

Uchinchi o‘rinni 43 dona ko‘rsatkich bilan Dargo egallab, umumiy sotuv hajmining 8,9 foizini tashkil qildi. Mazkur krossover o‘zining o‘tuvchanlik qobiliyati, qudrati va brutal dizayni bilan ajralib turishi, uni sarguzashtlar va shahar tashqarisiga bo‘ladigan safarlar uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Dargo’dan keyin 40 dona (8,2 foiz) sotilgan H6 joylashdi. H6 krossoveri o‘ziga ishonch va qulayligi bilan o‘ziga jalb qiladi, xavfsizligi va ishonchliligi uchun ko‘p hollarda oilaviy xaridorlar tomonidan tanlanadi. U sokin, ammo o‘ziga xos mavqe beruvchi uslubli dizaynga ega va sermehnatli ish kunidan keyin yo‘lda hordiq chiqarish imkoniyatini ta’minlaydi.

Oktabr oyida 2 dona GWM Wingle 7 pikapi sotilgan bo‘lib, uning sotuvi 2024-yil 14-sentabrda bo‘lib o‘tgan taqdimotidan so‘ng boshlangan edi. Ushbu model o‘zining yuqori darajadagi o‘tuvchanlik qobiliyati, yuk ko‘tarish imkoniyati va ishonchliligi bilan ajralib turishi, uni shaxsiy ehtiyojlar uchun ham, tijorat maqsadlarida ham eng maqbul tanlovga aylantiradi.

2024-yil oktabr oyi yakunlariga ko‘ra, sotilgan Haval avtomobillarining eng katta ulushini Toshkent shahri namoyish etdi – umumiy hajmning 26,2 foizi, u mazkur ko‘rsatkichi bilan 21,2 foizga ega Buxoro viloyatini ortda qoldirdi. Ulardan keyin Samarqand viloyati – 14,2 foiz, Surxondaryo viloyati – 10,5 foiz, Andijon viloyati – 9,7 foiz, Navoiy viloyati – 8,9 foiz, Namangan viloyati – 6,0 foiz va Farg‘ona viloyati – 3,3 foiz.

Oktabr oyida Haval avtomobillarini sotib olgan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti shuni ko‘rsatdiki, xaridorlarning 77,6 foizini erkaklar, 22,4 foizini ayollar tashkil etgan. Shu bilan birga, xaridorlarning asosiy qismi, 80,7 foizi 35 yoshdan oshgan bo‘lsa, 35 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar ulushi atigi 19,3 foizni tashkil etdi.

Haval zamonaviy texnologiyalar, xavfsizlik va qulaylikni uyg‘unlashtirgan holda shahar va shahar tashqarisidagi aholi ehtiyojlariga javob beradigan avtomobillarni taklif etish orqali O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston bozorida Haval brendi shahar ichida va shahar tashqarisidagi haydovchilar talablariga javob beradigan, o‘zida ilg‘or texnologiyalar, yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni mujassamlashtirgan avtomobillarni taklif etmoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish