08.05.2026

2026-yil aprel oyi natijalari: bozor barqarorlashmoqda, ammo talab tarkibi o‘zgarmoqda

2026-yil aprel oyi natijalari: bozor barqarorlashmoqda, ammo talab tarkibi o‘zgarmoqda

O‘zbekistonning butun avtomobil bozori aprel oyida salbiy o‘zgarishlarning barqarorlashuvini namoyish etmoqda. Yil boshidagi keskin o‘zgarishlardan so‘ng sotuvlar asta-sekin muvozanatlashmoqda, shu bilan birga brendlar o‘rtasidagi raqobat kuchaymoqda, gibrid texnologiyalarga qiziqish esa ortib bormoqda.

Aprel oyida Kia, CHERY va HAVAL jami 3 551 dona avtomobil sotuvini amalga oshirdi.

 

Kia: barqaror sotuv ko‘rsatkichlari va mahsulotlar turkumining kengayishi

Kia aprel oyini 1 979 dona avtomobil bilan yakunlab, o‘z modellariga bo‘lgan yuqori talabni saqlab qoldi.

Sonet modeli o‘zining 1 569 dona sotilgan ixcham krossoveri bilan brendning sotuv bo‘yicha asosini shakllantirishda davom etmoqda. Undan keyin K5 – 144 dona biznes-klass sedani va Sportage – 106 dona krossover o‘rin egallaydi.

Qolgan mahsulotlarning turkumi quyidagicha taqsimlandi:

  • Sorento – 53 dona krossover;
  • Carens – 37 dona krossven;
  • Bongo – 24 dona tijorat avtomobili;
  • Seltos – 19 dona krossover;
  • Carnival – 12 dona miniven;
  • Cerato – 11 dona sedan;
  • K8 – 3 dona biznes-klass toifadagi sedan;
  • K9 – 1 dona premium toifadagi sedan.

Hisobot oyining muhim voqeasi sifatida modellar qatorining kengayishi bo‘ldi: 27-aprel kuni ADM Jizzakh zavodida yangi K3 modelini ishlab chiqarish boshlanib, mazkur model yaqin kelajakda brendning sedanlar segmentidagi ishtirokini kuchaytiradi.

 

CHERY: o‘sish davom etmoqda, duragaylar mustahkamlanmoqda

CHERY aprel oyida 856 dona avtomobil sotib, o‘z mavqeini asta-sekin mustahkamlashni davom ettirmoqda.

Sotuvning asosiy hajmini quyidagilar ta’minladi:

  • Tiggo 7 Pro – 312 dona krossover;
  • Tiggo 2 Pro – 271 dona ixcham krossover;
  • Arrizo 6 Pro – 165 dona sedan;
  • Tiggo 8 Pro – 41 dona krossover.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda brendning gibrid modellariga qiziqish ortib bormoqda:

  • Arrizo 8 Hybrid – 45 dona biznes-klass toifadagi sedan;
  • Tiggo 8 Hybrid – 14 dona krossover.

Tiggo 9 Hybrid (7), Tiggo 9 Pro (1) – CHERY Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekiston avtomobil bozorida yangi modellarni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

CHERY gibrid modellari tobora bozorning sezilarli qismiga aylanib bormoqda, xaridorlarning NEV texnologiyalariga qiziqishi esa o‘sishda davom etmoqda.

 

HAVAL o‘z mavqeini saqlab qolmoqda: aprel oyida 716 dona avtomobil

HAVAL aprel oyini 716 dona sotilgan avtomobil bilan yakunladi. Mart oyidagi faol o‘sishdan so‘ng o‘zgarishlar barqarorlashdi, shu bilan briga brendga bo‘lgan qiziqish yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Sotuvlarning asosiy qismi quyidagi modellarga to‘g‘ri keldi:

  • M6 – 345 dona krossover;
  • Jolion – 191 dona SUV;
  • H6 – 131 dona SUV.

Qolgan modellar quyidagicha taqsimlandi:

  • H9 – 33 dona to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas;
  • Dargo – 14 dona o‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas;
  • GWM Wingle 7 – 2 dona pikap.

HAVAL brendi SUV segmentida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda va xaridorlar tomonidan barqaror qiziqish ko‘rsatmoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish