- Bosh sahifa
- Yangiliklar
27.11.2025
ADM Global Koreyada avtomobilsozlik sanoatining asosiy hamkorlarini o‘zida birlashtirdi: yetkazib beruvchilar uchun birinchi seminar o‘tkazdi
2025-yilning 27-29 oktabr kunlari mamlakatning eng yirik avtoxoldinglaridan biri bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi Koreya Respublikasida Kia Corporation rahbariyati ishtirokida 2025 Supplier Board Workshop xalqaro seminarini tashkil etdi. Shuningdek, tadbirda 80 dan ortiq rahbar va vakillari - Koreyaning 13 ta avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, shuningdek, O'zbekistonning 17 ta mahalliylashtirish korxonalari ishtirok etdi.
Seminar ADM Global'ning ushbu formatdagi birinchi xalqaro tadbiri bo'lib, unda avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib beruvchi joriy va istiqbolli hamkorlar to'plandi. Uning maqsadi yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish, amaliy tajriba almashish va avtomobil butlovchi qismlarini mahalliylashtirish bo'yicha qo'shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qilishdan iborat.
Seminar davomida ishtirokchilar rivojlanishning muhim yo'nalishlarini muhokama qildilar, jumladan:
- O'zbekiston va Koreya ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish;
- O'zbekistonga qo'shma investisiya kiritishning yangi istiqbollari;
- ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va butlovchi qismlarni keyingi mahalliylashtirish bosqichlari;
- jarayonlar sifatini yaxshilash va ta'minot zanjirlarini maqbullashtirish;
- Hyundai va Kia'ning hamkorlar bilan ishlash amaliyoti.
ADM Global O'zbekistonda mahalliylashtirishni yanada kengaytirish va ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirish rejalarini taqdim etdi. Shuningdek, amaldagi va istiqbolli yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar o'tkazilib, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va texnologik rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Supplier Board Workshop doirasida ADM Global mahalliylashtirish va ta'minot zanjiri barqarorligini rivojlantirishga katta hissa qo'shgan kompaniyalarni taqdirlash marosimini o'tkazdi.
O'zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirish va rivojlanishini qo'llab-quvvatlagani uchun Kia Corporation kompaniyasi Global Impact Award maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.
Seminar ADM Global'ning Kia Corporation, shuningdek, Koreya va O'zbekiston avtomobil qismlari va detallari ishlab chiqaruvchilari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Tadbir davomida ishtirokchilar sohani yanada rivojlantirishga hissa qo'shadigan yangi qo'shma loyihalarni ishga tushirish va qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilishga kelishib oldilar. Format 2026-yilda davom ettiriladi va kengaytiriladi.
ADM Global bunday tadbirlar sohani rivojlantirish va O'zbekistonning mintaqaviy avtomobil butlovchi qismlarini yetkazib berish zanjiridagi rolini oshirish uchun muhim ekanligini ta'kidladi.