26.04.2024

ADM Global kompaniyalar guruhi innovatsiiyalar va texnologik loyihalar uchun ochiqdir

ADM Global kompaniyalar guruhi innovatsiiyalar va texnologik loyihalar uchun ochiqdir

2024-yilning 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Job Fair 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi, shuningdek, ADM Global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodi – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobidan qurilgan birinchi avtomobil zavodning vakillari ishtirok etdilar.

ADM Global kompaniyalar guruhining bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi stendiga “Mashinasozlik va aerokosmik injiniring”; “Avtomatik nazorat va kompyuter injiniringi” hamda “Menejment, iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedralarining talabalari va o‘qituvchilari tomonidan alohida e’tibor namoyish etildi.

– Men muhandis-texnolog yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqdaman. Bu yil 18 yoshga to‘laman, biroq men o‘z loyihamni ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lganman va ushbu loyiham e’tiborga tushgan va ijobiy baholangan. Yutuqlarim hatto televideniyeda ham yoritilgan. Ishonamanki, ADM Global kompaniyalar guruhi kabi yirik va global yo‘naltirilgan tashkilotda mening g‘oyalarim e’tiborga olinadi va ma’qullanadi. Kelajakda men ADM Jizzakh klasteri uchun ham, umuman ADM Global kompaniyalar guruhi uchun ham qulay, foyda keltiruvchi texnologik loyihalarni ishlab chiqa olaman, – deb o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining talabasi.

“Career Fair 2024” ishtirokchilariga joriy bo‘sh ish o‘rinlari aks ettirilgan jobs.adm.uz sahifasiga tezkor kirish uchun noyob QR-kodni skanerlash taklif qilindi, ADM Global kompaniyalar guruhi haqidagi o‘zbek va rus tillarida qisqacha ma’lumot bo‘lgan flayerlar tarqatildi.

Qayd etish joizki, yilning boshidan buyon ADM Global, 4- va 5-aprel kunlari Xalqaro Vestminster universitetida va 18-aprelda – Toshkent shahridagi Vebster universitetida o‘tkazilgan shu kabi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etib, talabalar tomonidan bildirilgan izohlar soni bo‘yicha kompaniyalar guruhi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. 5-aprel kuni Turin politexnika universitetidagi o‘tkazilgan ADM Global kompaniyalar guruhining HR jamoasi vakillarining kirish ma’ruzasidan so‘ng esa universitetning xodim va talabalaridan tashkil etilgan guruh ADM Jizzakh klasteriga ekskursiyaga jo‘natildi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish