- Bosh sahifa
- Yangiliklar
17.09.2025
ADM Global va Sojitz Corporation O‘zbekiston avtomobil sanoati sohasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

2025-yil 15-sentabrda "ADM Global" kompaniyalar guruhi, "Great Wall Motor" (GWM) kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori va Yaponiyaning eng yirik savdo-investitsiya korporatsiyalaridan biri, dunyoning eng yaxshi 10 ta integratsiyalashgan xoldingiga kiruvchi Yaponiyaning "Sojitz Corporation" korporatsiyasi o'rtasida strategik sheriklik to'g'risida bitim imzolandi. Shartnomalar doirasida Sojitz avtomobillarni tarqatish bilan bog'liq biznesdagi ulushini sotib oldi va 100 million AQSH dollari miqdorida qo'shimcha sarmoya kiritdi.

Kompaniya 50 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi, sanoat, energetika, transport, infratuzilma va yuqori texnologiyalarga sarmoya kiritadi, distributsiya va ishlab chiqarish loyihalarini boshqaradi.
ADM Global va Sojitz Corporation uch yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda. ADM Global'ning ishonchli biznes modeli va barqaror moliyaviy natijalari hamkorlikni chuqurlashtirishning asosiy omillari bo'ldi. O'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandumning imzolanishi yaponiyalik hamkorlarning yuqori darajadagi ishonchi va qo'shma loyihalarni yanada rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Sarmoyalar nafaqat avtomobillar distribyutsiyasi tizimini mustahkamlashga, balki savdo-ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish bilan bog'liq yanada keng ko'lamli loyihalarga ham yo'naltiriladi. O'zbekiston bozorida sotuv hajmi qancha ko'p oshsa, mahalliylashtirish shunchalik faol kengayadi, bandlik ortadi va yangi ish o'rinlari yaratiladi. Bu mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoati rivojlanishini jadallashtirish va umuman O'zbekiston iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo'shish imkonini beradi.
Bitimning imzolanishi ADM Global'ning ishonchli hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlagan va xalqaro kompaniyalarning O'zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqishini ko'rsatgan muhim bosqich sifatida bo'ldi.
