13.08.2025

ADM Jizzakh ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

ADM Jizzakh ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritdi

2025-yil 13-avgust kuni ADM Jizzakh zavodida muhim voqea yuz berdi – korxona tashqi auditdan muvaffaqiyatli o'tib, ISO 37001:2016 (Anti-Bribery Management System) xalqaro sertifikatini qo'lga kiritdi. Bu esa barcha xarid jarayonlari, pudratchilar bilan o'zaro munosabatlar va kadrlar bilan ishlash tartib-taomillari korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyili asosida tashkil etilganini tasdiqlaydi.

Bu nima uchun muhim: hamkorlar va OEM ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishonchni oshirish, xalqaro tenderlarda ishtirok etish imkoniyati, komplayens-xatarlarni kamaytirish va korporativ madaniyatni mustahkamlash.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish