- Bosh sahifa
- Yangiliklar
05.06.2025
ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

Orqa suyanchig'i sozlanadigan qulay o'rindiqlar, portfellar uchun sig'imli javonlar, konditsioner
ADM Jizzakh kompaniyasi o'zining ijtimoiy maqsadi va barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligi doirasida Jizzax shahridagi 5-ixtisoslashtirilgan bolalar muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy avtobusni taqdim etdi.

Endilikda bolalarning har kuni maktab, madaniyat va dam olish markazlari hamda tibbiyot muassasalariga tashrifi yanada qulay, xavfsiz va o'z vaqtida amalga oshiriladi.

Transport orqa suyanchig'i sozlanadigan qulay o'rindiqlar, ventilyatsiya tizimi, konditsioner va kichik yoshdagi yo'lovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur bo'lgan barcha jihozlar bilan ta'minlangan.

ADM Jizzakh ta'lim, sport va sog'liqni saqlash muassasalarini qo'llab-quvvatlash orqali hududda ijtimoiy tashabbuslarni faol amalga oshirmoqda. Avtobusni topshirish - kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas'uliyat dasturi doirasidagi qadamlardan biri hisoblanadi.

"Ishonchimiz komilki, bolalarga g'amxo'rlik qilish O'zbekiston kelajagiga kiritilgan sarmoyadir. Shu bois kompaniya bundan buyon ham hudud uchun muhim loyihalarni, ayniqsa, yosh avlod uchun sharoitlarni yaxshilash bo'yicha qo'llab-quvvatlaydi", - dedi ADM Jizzakh zavodi bosh direktori Daniyar Davletiyarov transportni topshirilishiga bag'ishlangan tantanali marosimda.

Yaqin kunlarda avtobus yo'nalishlar bo'ylab muntazam harakatlanishni boshlaydi, bu esa bolalar va xodimlar uchun qulay va muntazam qatnovlarni ta'minlaydi.