- Bosh sahifa
- Yangiliklar
04.12.2025
ADM Jizzakh zavodida ISO 37001:2016 standartiga muvofiq ichki audit bo‘yicha trening muvaffaqiyatli yakunlandi
ADM Jizzakh zavodida korrupsiyaga qarshi ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida xodimlarning bilim va malakasini oshirish maqsadida ichki audit bo'yicha trening tashkil etildi.
Mazkur treningda korxonaning rahbar va mutaxassislari ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi, ichki nazorat va audit jarayonlari bo'yicha zarur bilimlarga ega bo'ldilar.
Trening yakunida tinglovchilar yakuniy sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” bo'yicha ichki audit sertifikatlarini qo'lga kiritdilar. Mazkur natija korxonada shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda zavodimizning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.