17.10.2025

ADM STREET ART CHALLENGE: zavod devorlaridagi ilhom asarlari

ADM STREET ART CHALLENGE: zavod devorlaridagi ilhom asarlari

ADM STREET ART CHALLENGE muralchilar tanlovi final ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv muhiti haqiqatan ham samimiy va ilhomlantiruvchi – tabassum, muloqot va ijodiy energiyaga to‘la tarzda bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarning har biri o‘zini eng ijobiy tomondan namoyon etishdi – ularning barchasi san’at va ijodiy muhit rivojiga hissa qo‘shgan haqiqiy iste’dodli, ijodkor va yorqin shaxslardir.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, tanlov nafaqat o‘zini namoyon qilish, balki yangi g‘oyalar bilan tanishish, tajriba almashish va bir-birining yutuqlaridan ilhomlanish imkoniyatiga aylandi.

G‘olib va ishtirokchilarga ijodiy yutuqlar, yorqin loyihalar va yangi g‘alabalar tilab qolamiz!

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish