05.09.2025

2025-yil avgust oyi: O‘zbekistonda Kia, Chery va Haval avtomobillari sotuv natijalari

2025-yil avgust oyi: O‘zbekistonda Kia, Chery va Haval avtomobillari sotuv natijalari

2025-yil avgust oyi O'zbekiston avtomobil bozori uchun ahamiyatli bo'ldi. Bir oy ichida Kia brendi ostidagi 2 591 dona avtomobillar o'z egasini topdi, Chery'ning 1 118 donasi sotilib, Haval'ning 821 donasi esa o'z xaridorlariga ega bo'ldi. Mazkur natijalar avtoishqibozlarning afzalliklari dinamikasini yaqqol baholash va brendlarning mavqelarini o'zaro taqqoslash imkonini beradi.

Kia

Avgust oyida 2 591 dona Kia avtomobili sotildi. Iyul oyiga nisbatan o'sish sur'ati barqaror bo'lib, iyun oyiga nisbatan sezilarli o'sish (+17,4 foiz) kuzatilmoqda.

Kia modellarining Top-3 taligi:

  1. Sonet O'zbekiston yo'llarini ishonchli zabt etishda davom etmoqda: avgust oyida 1 998dona avtomobillar sotilgan bo'lib, bu Kia umumiy sotuvining 77,1 foizini tashkil etmoqda. Ushbu model turli avlodlarni - birinchi avtomobilini tanlayotgan yoshlarni hamda qulaylik va xavfsizlik asosiy o'rin o'ynaydigan tajribali haydovchilarni birlashtirdi.
  2. Sportage - 201 dona (7,8 foiz). Model qulayligi va sig'imi tufayli shahar va shahar tashqarisiga safar qilish uchun universal krossover izlayotgan xaridorlar orasida talabga ega.
  3. Kia K5 - 173 dona (6,7 foiz). Biznes-klass sedani nufuz, keng salon va yuqori darajadagi jihozlanishni qadrlaydigan rahbarlar va mutaxassislar uchun maqbuldir.

Sotuv faolligi bo'yicha Top-5 hududlar:

  1. Toshkent shahri - 26,6 foiz;
  2. Buxoro viloyati - 10,2 foiz;
  3. Samarqand viloyati - 9,5 foiz;
  4. Toshkent viloyati - 8,3 foiz;
  5. Qashqadaryo viloyati - 6,7 foiz;

Xaridorlar portreti

Jismoniy shaxslar orasida erkaklar 67 foiz, ayollar esa 33 foizni tashkil etdi. Yosh bo'yicha 30-39 yosh (28,4 foiz) va 40-49 yosh (26,7 foiz) guruhlari yetakchilik qiladi.

Kia nafaqat Sonet'ning muvaffaqiyati, balki xaridorlarning Sportage, K5, Seltos, Carens va boshqa modellarga qiziqishi ortib borayotgani tufayli bozorda yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Chery

Umumiy hisobda 1 118 dona Chery sotildi. Mazkur ko'rsatkich iyul oyidagidan biroz pastroq, ammo brend bozorda faollikni saqlab qolmoqda.

Chery modellarining Top-3 taligi:

  1. Arrizo 6 Pro - 471 dona (2025-yil avgust oyida umumiy sotuv hajmining 42,1 foizi). Oilaviy haydovchilar va texnologik darajasi va hamyonboplikni qadrlaydigan ishbilarmon mijozlar uchun qulay va zamonaviy sedan.
  2. Tiggo 7 Pro - 314 dona (28,1 foiz). Keng salon, o'zgacha uslubdagi dizayn va yo'lda o'zini ishonchli tarzda tutishni xohlovchilar uchun universal krossover.
  3. Tiggo 2 Pro - 216 dona (19,3 foiz). Krossover ixchamlik, qulaylik va hamyonbop narxni qadrlaydigan yosh xaridorlar va faol shaharliklar uchun mos keladi.

Sotuv faolligi bo'yicha Top-5 hududlar:

  1. Toshkent shahri - 27,6 foiz;
  2. Samarqand viloyati - 12,7 foiz;
  3. Buxoro viloyati - 10,2 foiz;
  4. Qashqadaryo viloyati - 9,7 foiz;
  5. Andijon viloyati - 7,3 foiz;

Xaridorlar portreti

Jismoniy shaxslar orasida erkaklar - 69 foiz, ayollar - 31 foiz. Asosiy auditoriya 30-39 yoshdagi (28,4 foiz) va 40-49 yoshdagilar (27,9 foiz) hisoblandi.

Chery sedanlardan tortib krossoverlargacha bo'lgan keng turdagi turkumi tufayli ishonch bilan mavjud talabni saqlab qolmoqda, bu esa turli auditoriya segmentlarini qamrab olish imkonini beradi.

Haval

Umumiy hisobda 821 dona Haval sotildi. Mazkur ko'rsatkich Iyul oyiga nisbatan yengil o'sganligi kuzatilishi, brendga bo'lgan barqaror qiziqishni namoyon etmoqda.

Haval modellarining Top-3 taligi:

  1. M6 - 440 dona (2025-yil avgust oyida umumiy sotuv hajmining 53,6 foizi). Krossover oilalar va uzoq safarlarda shinamlik, keng salon va qulaylikni qadrlaydigan odamlar uchun mo'ljallangan.
  2. Jolion - 253 dona (30,8 foiz). Krossover o 'zgacha uslubdagi dizayn, zamonaviy elektronika va shahar sharoitida qulaylikni tanlaydigan yosh faol xaridorlar orasida ommabop.
  3. H6 - 60 dona (7,3 foiz). Quvvat, zamonaviy texnologiyalar va xavfsizlik uyg'unligi muhim bo'lganlar uchun krossover.

Sotuv faolligi bo'yicha Top-5 hududlar:

  1. Toshkent shahri - 41,3 foiz;
  2. Buxoro viloyati - 8,8 foiz;
  3. Samarqand viloyati - 8,3 foiz;
  4. Qashqadaryo viloyati - 8,0 foiz;
  5. Surxondaryo viloyati - 6,8 foiz;

Xaridorlar portreti

Jismoniy shaxslar orasida erkaklar ustunlik qilmoqda - 75 foiz, ayollar esa 25 foizni tashkil etdi. Eng faol yosh guruhlari - 40-49 yosh (33,3 foiz) va 50-59 yosh (30 foiz).

Haval oilaviy va yoshi katta mijozlar tomonidan barqaror qiziqish bildirilmoqda, Jolion esa shaharlik yosh mijozlar orasida o'z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashni istardikki, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan O'zbekistondagi rasmiy distribyutor tomonidan taqdim etilayotgan brend avtomobillari barqaror bozor dinamikasini shakllantirmoqda va o'zbekistonliklarning zamonaviy va hamyonbop avtomobillarga qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlamoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish