10.06.2024

CHERY’ning O‘zbekistondagi 2024-yil may oyidagi sotuvlari ko‘rsatkichlari

CHERY’ning O‘zbekistondagi 2024-yil may oyidagi sotuvlari ko‘rsatkichlari

CHERY kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yil may oyida egalariga topshirilgan CHERY avtomobillari soni yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi – 640 dona Arrizo 6 Pro, Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro.

2024-yilning may oyida Xitoyning CHERY avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoridagi ajoyib sotuvlar natijalarini namoyish etdi. Atigi bir oyning davomida brendning 640 ta avtomobili sotildi, bu o‘zbekistonlik iste’molchilarning CHERY’ning mahsulotlariga bo‘lgan ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

279 dona tirajda tezda sotilib ketgan ko‘rkam qiyofali CHERY Arrizo 6 Pro sedani sotuvlar yetakchisi bo‘ldi. Ushbu dinamik va so‘ngi urfdagi avtomobil o‘zining zamonaviy dizayni, yuqori darajadagi qulayligi va jihozlanishining boyligi bilan xaridorlar qalblarini zabt eta oldi. To‘liq o‘lchamli “C” sinfidagi sedan bo‘lgan Arrizo 6 Pro tejamkor va shu bilan birga mukammal dinamikani va kam yoqilg‘i sarfini ta’minlaydigan quvvatli dvigatellar bilan jihozlanadi.

Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni sotilgan 260 dona avtomobil natija bilan CHERY Tiggo 7 Pro krossoveri egalladi. Ushbu universal SUV yengib o‘tish qobiliyati, sig‘imlilik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bular uni faol oilalar va shaharda haydash uchun ideal tanlovga aylantiradi. Tiggo 7 Pro keng salonni, turbolangan dvigatelni, xavfsizlik tizimini hamda eksteryerning diqqatni o‘ziga jalb etuvchi zamonaviy dizaynini taklif etadi.

Yetti o‘rindiqli CHERY Tiggo 8 Pro krossoveri, shu jumladan, uning Top toifasidagi versiyasi bo‘lgan Tiggo 8 Pro Max 101 dona tirajda sotildi. CHERY markasining ushbu flagman SUV’i hashamatli va ergonomik interyeri, ilg‘or texnologiyalari va hayratlanarli haydash ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi. Tiggo 8 Pro kenglik, funksionallik va hashamatli qulaylikni qadrlaydiganlar uchun yaratilgan.

Xaridorlar tahlili, O‘zbekistonda CHERY brendining asosiy auditoriyasi 30 yoshdan oshgan (jismoniy shaxslar orasida 83 foiz) erkaklar (60 foiz) ekanligini ko‘satdi.

Bu shuni ko‘rsatadiki, CHERY avtomobillarini sifat, ishonchlilik va zamonaviy texnologiyalarning qadrini biladigan yetuk insonlar tanlamoqdalar.

Shu bilan birga, xaridorlarning deyarli uchdan bir qismini (29 foiz) ayollar tashkil etdi, bu CHERY’ning modellarining ko‘p qirraliligi va keng auditoriya uchun jozibali dizaynga ega ekanligini tasdiqlaydi.

CHERY’ning may oyidagi sotuvlardagi muvaffaqiyati o‘zbekistonlik avtomobil ixlosmandlarining brend mahsulotlariga qiziqishi ortib borayotgani hamda Xitoy avtomobillarining sifati va innovatsionligiga ishonch ortib borayotganidan dalolat beradi. Bunday kuchli modellar qatori va sodiq mijozlar bazasi bilan CHERY O‘zbekiston bozoridagi o‘z mavqeini ishonchli tarzda mustahkamlab, kelgusida o‘sish va rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarga egadir.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavod – ADM Jizzakh zavodida yig‘ilayotgan CHERY avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

CHERY Uzbekistan’ning rasmiy sahifalari:

Tezkor axborot liniyasi telefon raqami: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-бот: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CHERYUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish