25.09.2024

Dilerlik markazlarida yangi CHERY avtomobillarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

Dilerlik markazlarida yangi CHERY avtomobillarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi

CHERY rasmiy dilerlik markazlarida avtomobil ishqibozlari va zamonaviy texnologiyalarni qadrlovchilarning e’tiborini tortadigan, mazkur yilning yangicha avtomobillari – yangi Tiggo 8 Pro Max 2024, Tiggo 7 Pro 2024 va Arrizo 6 Pro 2024 taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur taqdimot sifatli avtomobil muxlislarida qiziqish uyg‘otdi.

Xususan, 12-sentabr kuni Toshkent shahridagi “CHERY Sergeli” dilerlik markazida CHERY kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori, ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Boshlovchilar taqdimotni kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekistondagi CHERY brendining direktori Pyer Doluani tanishtirishdi. U ishtirokchilarni qutlab, CHERY kompaniyasining falsafasi va uning innovatsiyalarga intilishi haqida so‘zlab berdi. Direktor yangilangan modellar – Arrizo 6 Pro 2024, Tiggo 7 Pro 2024, Tiggo 8 Pro Max 2024 va ularning asosiy xususiyatlarini ta’riflab berdi.

Kechaning asosiy voqealardan biri yangicha Tiggo 7 Pro 2024 taqdimoti bo‘ldi. CHERY Tiggo 7 o‘zining keng saloni va jihozlanishi bilan O‘zbekistonda mashhur bo‘lib, bozorimizda eng xaridorgir CHERY rusumli avtomobillar va oilaviy krossoverlardan biriga aylandi. Mehmonlar avtomobil namoyishini ko‘rishdi, bezak sifati va aqlli multimedia tizimiga baho berdilar, shuningdek, zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan tanishdilar.

Yangi Tiggo 7 Pro 2024 shahar va uning tashqarisida oilaviy safarlar uchun mukammal tanlov hisoblanadi. Avtomobil o‘z o‘tmishdoshining asosiy afzalliklarini, jumladan keng salon va qulaylikni saqlab qoldi, shuningdek, old va orqa qismlarining yanada ifodalangan dizayni hamda takomillashtirilgan yorug‘lik texnikasi va nafis radiator panjarasi bilan yangilangan tashqi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

CHERY muhandislari qurilmalar paneli va multimedia tizimini ikkita 12,3 dyuymli ekranga ega zamonaviy planshetga birlashtirib, interyerni yangiladi, shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida o‘zbek tilini ham qo‘shishdi. O‘rindiq sozlamalari va orqa ko‘rinish oynalarining xotira funksiyasi haydovchining o‘ziga xos parametrlarini saqlab qolish imkonini beradi. Shuningdek, Tiggo 7 Pro 2024 atmosferali yoritgich, manzarali lyuk, doira bo‘ylab kurish kamerasi va ikki hududli iqlim nazorati kabi funksiyalar bilan jihozlangan.

Shundan so‘ng mehmonlarning e’tibori yangi Tiggo 8 Pro Max 2024 – qudrati, o‘ziga xos uslubi va qulayligini o‘zida mujassam etgan yetti o‘rinli ilg‘or SUV’ga qaratildi. Kapot ostida 245ot kuchiga ega ikki litrli turbo dvigatel, shuningdek, har qanday yo‘llarda ishonchli harakatlanish uchun to‘liq yuritmali tizim o‘rnatilgan.

Avtomobil interyeri hashamatli charm, atmosferali yoritgich va manzarali lyuk kabi sifatli materiallar va bezak qismlari, shuningdek, havoni tozalash tizimi va uning sifatini nazorat qilish kabi ilg‘or texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, avtomobil xavfsizlikni oshirish uchun adaptiv kruiz nazorati, yo‘l chizig‘ida ushlab turish tizimi, doira bo‘ylab ko‘rish kameralari va ko‘r hududlarni monitoring qilish tizimi bilan jihozlangan. Avtomobilda haydovchi uchun tizza xavfsizlik yostig‘i ham o‘rnatilgan.

O‘zbekiston bozorida mazkur yangicha avtomobil o‘zbek tilida bo‘lgan yangi bort interfeysi, navigatsiya funksiyasi va aqlli ovozli yordamchi, shuningdek, foydalanish qulayligi uchun proyeksiyali displeyga ega yangilangan salonni taklif qiladi.

Musiqa ixlosmandlari uchun 9 ta dinamik va kuchli subvuferga ega Sony premium audio tizimi o‘rnatilgan. Old tomon yo‘lovchi o‘rindig‘i turli dasturlarga ega bo‘lgan uqalash funksiyasi va boshqariladigan oyoq tirgaki bilan jihozlangan. Uchinchi qator yo‘lovchilar o‘z ventilyatsiya tizimini alohida pult orqali boshqarishi mumkin. Yangilangan yorug‘lik texnikasi, yangi 19dyuymli disklar va porlovchi CHERY emblemasi avtomobilga o‘ziga xoz uslubli ko‘rinish beradi.

Mehmonlar yangi Arrizo 6 Pro 2024 bilan ham tanishdilar. Ushbu sedan o‘zining jo‘shqin old qismi dizayni va 150 ot kuchiga ega turbo dvigatel bilan jihozlanganligi, shuningdek, yo‘lda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydigan ko‘plab zamonaviy funksiyalari bilan avtohavaskorlarning e’tiborini tortdi.

Taqdimotdan so‘ng mehmonlar kompaniya vakillari va ekspertlarga savollar berishdi. Savol-javob sessiyasi jonli tarzda o‘tkazilib, avtomobillarning yangiliklari va xususiyatlari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish imkonini berdi.

Tadbirning rasmiy qismi yakunlanganidan so‘ng, mehmonlarni yengil taom va ichimliklarga ega furshet tayyorlanishi muloqot qilish va yangi modellardan taassurotlar almashish uchun yoqimli muhit yaratishga sabab bo‘ldi. Ko‘ngilochar dastur tadbirga jo‘shqinlik bag‘ishladi va kayfiyatni ko‘tardi.

Mazkur tadbir avtomobillarning yangi egalariga tantanali ravishda topshirillish bilan yakunlandi. Ishtirokchilar suratga tushishdi va yangi avtomobillarning kalitlarini olishdan o‘z xursandchiliklarini yashirishmadi.

O‘zbekistonda CHERY avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan CHERY avtomobillarining tavsiflari, mavjud komplektatsiyalar va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.

Bepul test-drayv CHERY Uzbekistan’ning barcha tarmoqlarida mavjud.

CHERY Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Axborot aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CHERYUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish