- Bosh sahifa
- Yangiliklar
03.12.2025
2025-yil noyabr oyida Kia, Chery va Haval sotuvlari 4 mingdan ortiq avtomobillarni tashkil etdi
Kia, Chery va Haval brendlarining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yil noyabr oyida jami sotuvlar 4 018 dona avtomobillarni tashkil etdi. Kia 2287 dona, Chery 947 dona va Haval esa 784 dona bilan SUV segmentida bo'lgan barqaror o'sishni namoyish etib, davrni yakunladi.
Kia noyabr oyini 2 287 dona sotilgan avtomobillar bilan yakunladi
2025-yil noyabr oyida Kia'ning O'zbekistondagi sotuvlari 2 287 dona avtomobillarga yetgaligi, mazkur brendning modellar turkumiga bo'lgan barqaror qiziqishni tasdiqlaydi.
Kia Sonet ixcham krossoveri yana muhim drayverga aylandi: ushbu model 2 001 dona avtomobillar bo'lgan natijani ko'rsatdi va bir oy ichida umumiy sotuv hajmining 87,5 foizini tashkil etdi. Qolgan modellar ham barqaror dinamikani namoyish etdi.
Sportage noyabr oyini 93 dona, Seltos 55 dona, K5 esa 48 dona sotilgan avtomobillar bilan yakunladi. Yirikroq modellar orasida bo'lgan Sorento 35 dona, tijorat maqsadli Bongo — 26 dona, Carens krossveni — 22 dona, Cerato esa 3 donasi sotilgan. Premium segmentidagi flagmanli K8 va K9 har biri ikkita avtomobillari bilan oyni yakunladi.
Shunday qilib, Kia sotuvlar tarkibi ommaviy segmentga yo'naltirilgan bo'lib, Sonet asosiy hajmni shakllantirishda davom etmoqda, qolgan modellar esa bir tekis va kutilgan talabni namoyish etmoqda.
Chery noyabr oyida: muhim modellarga barqaror talab
Noyabr oyida Chery brendi 947 dona avtomobillarning sotuvini amalga oshirdi.
Mazkur turkumda Tiggo 7 Pro 364 dona krossoverlari bilan yana yetakchi bo'ldi, bu Chery umumiy sotuv hajmining 38,4 foizini tashkil etdi.
Arrizo 6 Pro sedani o'z segmentida barqaror talabni saqlab qolgan holda 292 dona avtomobillar (30,8 foiz) bilan oyni yakunladi. Tiggo 2 Pro ixcham krossoveri esa 192 dona (20,3 foiz) ko'rsatkich bilan oyni yakunladi. Tiggo 8 Pro premium toifadagi krossoveri 79 nafar mijozga sotildi.
2025-yil oktabr oyida taqdim etilgan brendning ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan birinchi gibrid avtomobili — Arrizo 8 Hybrid 20 dona miqdorda sotildi.
Chery sotuvlari bir nechta modellar o'rtasida teng taqsimlanishi, brendga barqaror sotuv dinamikasini ta'minlaydi.
Haval noyabr oyida eng yaxshi sotuv natijalaridan birini namoyish etdi
Noyabr oyida Haval 784 dona avtomobillarini sotib, brend uchun deyarli rekord ko'rsatkich o'rnatdi va xaridorlarning krossoverlarga bo'lgan yuqori qiziqishini tasdiqlab berdi.
Noyabr oyida yuqori texnologiyali va o'zgacha uslubga ega Haval M6 yetakchilikni saqlab qoldi — 403 dona krossoverlar yoki Haval umumiy sotuvining 42,6 foizi. Qolgan modellarning amalga oshirilishi quyidagicha namoyon bo'ldi:
- Jolion — 230 dona krossoverlar (24,3 foiz), dinamik va sportcha SUV orasida barqaror darajada ommabop;
- H6 — 116 dona (12,2 foiz), barqaror talabga ega o'rta o'lchamli krossover;
- H9 flagmanli SUV — premium toifadagi talabgir bo'lgan 15 dona avtomobillar;
- Dargo — 15 dona avtomobillar, yorqin dizayn va yaxshi darajadagi o'tuvchanlik qobiliyatiga ega krossover;
- GWM Wingle 7 pikapi — 5 dona, brendning tijorat segmentida ishtirokini qo'llab-quvvatlaydi.
Modellar o'rtasida sotuvning taqsimlanishi turkumning muvozanati va brendning xaridorlar turli ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini aks etadi.