05.08.2025

Iyul oyi raqamlarda: Kia va Chery sotuvining izchil o‘sishi, Haval modellariga barqaror qiziqish

Iyul oyi raqamlarda: Kia va Chery sotuvining izchil o‘sishi, Haval modellariga barqaror qiziqish

2025-yil iyul oyida O‘zbekistonda Kia, Chery va Haval avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi Kia (+26%) va Chery (+15%) sotuvining iyun oyiga nisbatan ishonchli o‘sishini qayd etdi. Shu bilan birga, Haval avtomobillariga qiziqish barqaror darajada saqlanib qoldi. Ushbu natijalar iste’molchilarning barqaror talabini, taqdim etilgan brendlarga bo‘lgan ishonchning yuqori darajasini aks ettiradi va ularning model turkumlarining O‘zbekiston bozoridagi dolzarbligini tasdiqlaydi.

Kia: yetakchilik va sotuvning yangi rekordi

Iyul oyida Kia brendi O‘zbekiston bozorida eng talabgirlardan biri ekanligini yana bir marotaba tasdiqladi va sotuvlar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Mutlaq peshqadam sifatida Kia Sonet ixcham krossoveri hisoblanib, mazkur model 2080 dona sotilib, bu O‘zbekistonda brendning umumiy sotuv hajmining 72,3% ni tashkil etdi. Bu iyun oyiga nisbatan 32% ga ortiq bo‘lib, qulaylik, dizayn va texnologiklik uyg‘unligi tufayli ushbu modelga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Sonet qulaylik, tejamkorlik va o‘rindiq joyi yuqoriligini qadrlaydigan shahar aholisi va yosh oilalar uchun juda mos keladi.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Kia K5 – 254 dona biznes-klass sedanlari (8,8%). Ushbu model obro‘-e’tibor va bir maromda harakatlanishni qadrlaydigan professionallar va boshqaruvchilar orasida afzal ko‘riladi.
  • Kia Sportage – 245 dona krossoverlar (8,5%) – shaharcha uslub va uzoq safar imkoniyatlari o‘rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun universal yechim.

Kia sotuvi geografiyasi – TOP-5 hududlar:

  • Toshkent shahri – 29,7%
  • Buxoro viloyati – 9,9%
  • Samarqand viloyati – 9,4%
  • Toshkent viloyati – 8,4%
  • Qashqadaryo viloyati – 6,4%

Gender taqsimoti (jismoniy shaxslar):

  • Erkaklar – 63,1%
  • Ayollar – 36,9%

Xaridorlarning yoshi bo‘yicha tarkibi:

  • 30–39 yosh – 29,9%
  • 40–49 yosh – 29,0%
  • 50–59 yosh – 18,4%
  • 18–29 yosh – 11,0%
  • 60–69 yosh – 10,7%
  • 70 yosh va undan kattalar – 1,0%

Kia, ayniqsa, muvaffaqiyatli Sonet modeli tufayli barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. Brend hududlarda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda va ham yosh, ham katta yoshli auditoriyani faol jalb qilmoqda.

Chery: sedan va krossoverlar segmentida ishonchli rivojlanish

Iyul Chery brendi uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi: sotuvlar iyun oyiga nisbatan 15% ga oshdi. Eng ommabop model Arrizo 6 Pro zamonaviy sedani bo‘lib, 506 dona avtomobilni (brendning umumiy sotuv hajmining 37,9%) tashkil etdi. U qulaylik va texnologiyani afzal ko‘radigan yosh mutaxassislar va shahar aholisi uchun juda mos keladi.

Chery krossoverlari ham yuqori mashhurlikni saqlab qolmoqda:

    • Tiggo 7 Pro – 466 dona (34,9%) – keng komplektatsiyali oilaviy va sig‘imli krossover.
    • Tiggo 2 Pro – 254 dona (19,0%) – shaharga safar qilish uchun ixcham va hamyonbop variant.
    • Tiggo 8 Pro – 109 dona (8,2%) – maksimal darajadagi makon va premium funksiyalarni xohlovchilar uchun flagmanli model.

Chery sotuvi geografiyasi – TOP-5 hududlar:

  • Toshkent shahri – 25,2%
  • Qashqadaryo viloyati – 12,4%
  • Buxoro viloyati – 12,0%
  • Samarqand viloyati – 11,5%
  • Andijon viloyati – 7,5%

Gender taqsimoti (jismoniy shaxslar):

  • Erkaklar – 69,8%
  • Ayollar – 30,2%

Xaridorlarning yoshi  bo‘yicha tarkibi:

  • 30-39 yosh – 29,8%
  • 40-49 yosh – 28,7%
  • 50-59 yosh – 19,2%
  • 18-29 yosh – 14,3%
  • 60-69 yosh – 7,7%
  • 70 yosh va undan kattalar – 0,3%

Chery mijozlarga keng tanlovni maqbul narxda taklif qilish orqali o‘z ishtirokini ishonch bilan kengaytirmoqda. Hududlardagi kuchli mavqe va jozibador modellar brendni bozorda raqobatbardosh va istiqbolli qiladi.

 

Haval: krossoverlarga barqaror talab va e’tibor

Iyun oyiga nisbatan sotuvlarning o‘rtacha pasayishiga qaramay, Haval modellariga qiziqish barqaror bo‘lib qolmoqda. Iyul oyida 814 dona avtomobillar sotilgan bo‘lib, ular orasida Haval M6 modeli yetakchilik qilmoqda – 474 dona krossoverlar (Haval brendining umumiy sotuv hajmining 58,2%). Bu faol oilalar va ko‘p hollarda shaharlararo safar qiliuvchi haydovchilar uchun qulay va ishonchli variantdir.

Qolgan modellar quyidagicha taqsimlandi:

  • Jolion – 224 dona (27,5%) – narxi va funksiyalari bo‘yicha muvozanatlangan krossover.
  • H6 – 73 dona (9,0%) – zamonaviy va o‘zgacha uslubdagi SUV izlayotganlar uchun model.
  • H9 – 26 dona (3,2%) – sayohat ishqibozlari uchun premium toifadagi yo‘ltanlamas.
  • Dargo – 17 dona (2,1%) – alohida xususiyatlarga ega yorqin krossover.

Haval sotuvi geografiyasi – TOP-5 hududlar:

  • Toshkent shahri – 42,5%
  • Buxoro viloyati – 9,7%
  • Samarqand viloyati – 9,5%
  • Navoiy viloyati – 7,6%
  • Qashqadaryo viloyati – 6,6%

Gender taqsimoti (jismoniy shaxslar):

  • Erkaklar – 75,0%
  • Ayollar – 25,0%

Xaridorlarning yoshi bo‘yicha tarkibi:

  • 30–39 yosh – 32,8%
  • 40–49 yosh – 26,3%
  • 50–59 yosh – 19,8%
  • 18–29 yosh – 11,6%
  • 60–69 yosh – 9,0%
  • 70 yosh va undan kattalar – 0,5%

Haval sotuv hajmidagi kichik tebranishlarga qaramay, bozorda barqaror ishtirokini saqlab qolmoqda. Erkaklar auditoriyasiga aniq yo‘naltirilganlik va krossoverlarning ustunligi brendning strategik yo‘nalishini tasdiqlaydi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish