05.06.2025

Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining 2025-yil may oyidagi sotuv statistikasi

Kia, Chery va Haval brendlari avtomobillarining 2025-yil may oyidagi sotuv statistikasi

2025-yil may oyi O'zbekiston iste'molchilari orasida avtomobillarga bo'lgan barqaror talabni namoyish etdi. Uch mashhur brendning jami 3 386 dona avtomobillari sotildi: yetakchi o'rinni 1 856 dona sotuv hajmi bilan Kia, ikkinchi o'rinni 841 dona sotilgan avtomobillar bilan Chery va uchinchi o'rinni 689 dona sotilgan Haval egalladi.

Kia

Kia brendi bozorda yetakchi o'rinlardan birini ishonchli tarzda saqlab qolmoqda. May oyida sotuvlarning asosiy ulushini Sonet krossoveri ta'minladi - 1 219 dona avtomobillar, bu umumiy hajmning 65,7 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o'rinni K5 biznes-klass sedani 169 dona bilan egalladi, ushbu model bo'yicha aprel oyiga nisbatan o'sish qayd etildi. Keyingi o'rinlarda Sportage (147 dona) va Sorento (121 donata) krossoverlari, shuningdek, Bongo tijorat avtomobili bo'lib, uning sotuvlari 58 donani tashkil etdi.

Talabning eng katta konsentratsiyasi an'anaviy ravishda Toshkent shahrida kuzatildi - respublikadagi barcha Kia sotuvlarining 32,1 foizini tashkil qildi. Keyingi o'rinlarda Samarqand (8,9 foiz) va Toshkent viloyatlari (8,7 foiz) qayd etilgan. Aprel oyiga nisbatan o'sish Buxoro (7,8 foiz) va Navoiy (5,9 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

Xaridor portretiga kelsak, Kia avtomobillarini asosan erkaklar sotib olishadi - 64,3 foiz, ayollar esa 35,7 foiz. Eng faol yosh guruhlari sifatida 40 yoshdan 49 yoshgacha (30 foiz) va 30 yoshdan 39 yoshgacha (29 foiz) bo'lgan iste'molchilar bo'ldi. Keyingi o'rinlarni 50-59 yoshlilar (20 foiz), 18-29 yoshlilar va 60-69 yoshlilar (mos ravishda 10 foizdan) egalladi, 70 yoshdan oshgan xaridorlar ulushi esa 1 foizni tashkil etdi.

Chery

Chery hamyonbop sedanlar va krossoverlar segmentida o'z o'rnini saqlab qolishda davom etmoqda. May oyida eng mashhur model sifatida Arrizo 6 Pro sedani bo'lib, u 279 dona natijani namoyon qildi, bu brend umumiy sotuvining 33,2 foizini tashkil etdi. Ikkinchi o'rinni Tiggo 7 Pro krossoveri (253 dona), undan keyingi o'rinni Tiggo 2 Pro (188 dona) egallagan bo'lsa, beshtalikni 121 dona avtomobillar bilan Tiggo 8 Pro yakunlab berdi.

Hudud jihatdan brend Toshkentda barqaror o'rinni ko'rsatdi, bu yerda avtomobillarning 28,2 foizi sotilgan, garchi bu yetakchi uchlik orasida eng past ko'rsatkich bo'lsa ham. Biroq, Samarqand (12,4 foiz), Buxoro (11,7 foiz) va Navoiy (10,2 foiz) viloyatlarida talabning ishonchli o'sishi qayd etildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati iste'molchilari ham faol bo'lib qolmoqda (9,1 foiz).

Chery asosan erkaklar orasida xaridorgir bo'lib, ularning sotuvi 69 foizga to'g'ri keldi. Xaridorlar orasidagi ayollar esa 31 foizni tashkil qiladi. Xaridorlarning yosh tarkibida 30-39 yosh (31,1 foiz) va 40-49 yosh (31 foiz) toifalari yetakchilik qiladi, keyingi o'rinlarda 50-59 yosh (18,6 foiz), 18-29 yosh (11,1 foiz) va 60-69 yosh (8,1 foiz) guruhlari turadi. 70 yoshdan oshgan xaridorlarning ulushi deyarli yo'q - atigi 0,1 foiz.

Haval

Haval sotuvlarning asosini tashkil etgan M6 modelining ommabopligi tufayli ishonchli o'sishni namoyish etmoqda - 441 dona yoki brendning umumiy sotuv hajmining 64 foizi. Ommabopligi bo'yicha ikkinchi o'rinni 178 dona avtomobillar bilan Jolion krossoveri egalladi. Dargo (26 dona), H9 (19 dona) va H6 (18 dona) modellari sotuvi kamroq, ammo ahamiyatli bo'lib qolmoqda.

Eng faol sotuv bozori yana Toshkent bo'lib, u Haval sotuvlarining 31,9 foizini ta'minladi. Buxoro viloyati 12,3 foiz, Qashqadaryo viloyati 11 foiz, Samarqand viloyati 9,9 foiz, Navoiy viloyati 8,4 foiz natija ko'rsatib, poytaxt hududidan tashqarida ham brendga qiziqish ortib borayotganini tasdiqladi.

Haval xaridorlarining aksariyatini erkaklar (70,2 foiz) bo'ldi. Ayollar 29,8 foizni tashkil qildi. Yosh tarkibi quyidagicha taqsimlandi: eng yuqori ulush 40-49 yosh (30,6 foiz), keyingi o'rinlarda 30-39 yosh (28,2 foiz), 50-59 yosh (21,3 foiz) va 18-29 yosh (12,1 foiz) toifasiga to'g'ri keldi. 60-69 yoshdagilar avtomobillarning 7,5 foizini, 70 yoshdan oshgan xaridorlar ulushi esa 0,3 foizni tashkil qildi.

2025-yilning may oyidagi sotuv statistikasi O'zbekiston avtomobil bozorida barqaror faollikni ko'rsatmoqda. Brendlarning har biri kuchli modellar, hududiy diversifikatsiya va demografik segmentlarda aniq pozitsiyalanishi orqali o'z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Tendensiyalar shuni ko'rsatadiki, xaridor narx, sifat va brend obro'si nisbatiga e'tibor qaratib, tobora ko'proq axborotga ega va tanlab oladigan bo'lib bormoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish