05.09.2024

Kia, CHERY va HAVAL’ning 2024-yil avgust oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekistondagi sotuvlari natijalari

Kia, CHERY va HAVAL’ning 2024-yil avgust oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekistondagi sotuvlari natijalari

Kia: umumiy sotuv hajmi 1966 donani tashkil etdi

Avgust oyida Kia Sonet krossoveri o‘zbekistonlik iste’molchilar orasida eng ommapoblashgani bo‘ldi. Mazkur oyda ushbu modeldagi 1093 ta avtomobil sotilgan.

Sotuv hajmi bo‘yicha keyingisi bo‘lib 306 dona bilan Kia Sportage hisoblanadi.

Uchinchi o‘rinni 219 dona sotilgan Kia Sorento egalladi.

Sotuvlar bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni bir nechta modellar egalladi: K5, Kia Seltos va Carens.

2024-yil avgust oyida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha Kia avtomobillari sotuvining tahlili quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 43,7 foiz;
  • Samarqand viloyati – 10,2 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 6,3 foiz;
  • Navoiy viloyati – 6,1 foiz;
  • Buxoro viloyati – 5,8 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 4,8foiz;
  • Xorazm viloyati – 4,6foiz;
  • Jizzax viloyati – 4,4 foiz;
  • Andijon viloyati – 4,2 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 4,0 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 2,2 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,1 foiz;
  • Namangan viloyati – 1,6 foiz.

Hisobot oyi uchun statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, jami xaridorlarning 67,9 foizini erkaklar, 32,1 foizini ayollar tashkil etadi.

O‘z navbatida, Kia avtomobillari xaridorlarining yosh bo‘yicha tuzilmasi tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi:

  • 18-24 – 2,9 foiz;
  • 25-29 – 5,6 foiz;
  • 30-34 – 10,7 foiz;
  • 35-39 – 17,5 foiz;
  • 40-44 – 16,8 foiz;
  • 45-49 – 13,5 foiz;
  • 50 va undan katta – 33,1 foiz.

Chery: 2024-yilning avgust oyida jami 679 dona avtomobillar sotilgan

Sotilgan avtomobillar soni bo‘yicha Tiggo 7 Pro 2024-yilning butun yoz davomida yetakchilikni saqlab qoldi. Avgust oyida 345 dona krossover sotilgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich sotilgan Chery avtomobillarining umumiy hajmining 50,8 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu iyul oyiga nisbatan 1,18 barobar ko‘p ekanligini ko‘rsatadi.

Ikkinchi o‘rinda Arrizo 6 Pro bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich 255 dona, ya’ni umumiy hajmning 37,6 foizini tashkil etdi.

Tiggo 8 Pro va Tiggo 8 Pro Max modellari jami 79 dona (umumiy Chery sotuvining 11,6 foizi) sotilgan.

Hududlar kesimida 2024-yil avgust oyidagi amalga oshirilgan sotuvlar quyidagi ko‘rinishga ega:

  • Toshkent shahri – 30,9 foiz;
  • Buxoro viloyati – 12,8 foiz;
  • Samarqand viloyati – 10,5 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 9,1 foiz;
  • Navoiy viloyati – 8,7 foiz;
  • Xorazm viloyati – 6,0 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 5,6 foiz;
  • Farg‘ona viloyati – 4,6 foiz;
  • Namangan viloyati – 4,3 foiz;
  • Andijon viloyati – 4,1 foiz;
  • Jizzax viloyati – 2,7 foiz;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 0,7 foiz.

Chery avtomobillari xaridorlarining jismoniy shaxslar o‘rtasidagi gender taqsimoti tahliliga ko‘ra, erkaklar – 69 foiz, ayollar – 31 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, 30 yoshgacha bo‘lgan xaridorlar ulushi 11,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 30 va undan katta yoshdagilar orasida bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, 88,7 foizni tashkil etdi.

HAVAL’ning 2024-yil avgust oyida amalga oshirgan savdosi iyul oyi ko‘rsatkichlariga nisbatan 2,5 barobardan ko‘proqni tashkil etdi

2024-yil avgust oyida jami 369 dona M6, JOLION, H6 va DARGO avtomobillari sotilgan. Mazkur natija iyun oyi umumiy savdo ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,74 barobar, iyul oyiga nisbatan esa 2,5 barobardan oshganligini ko‘rsatdi.

2024-yilning barcha uch yoz oylarida O‘zbekistonda sotilgan HAVAL brendi modellari orasida M6 yetakchi bo‘lib qoldi. Avgust oyida sotilgan SUV soni 223 donani tashkil etdi, bu brendning sotilgan umumiy modellarining 60,4 foiziga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Sportcha qiyofadagi yangilangan JOLION (feysliftdan so‘ng) 92 dona natija bilan sotilgan HAVAL avtomobillari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (25 foiz).

Sotuv natijalariga ko‘ra, M6 va JOLION dan keyin 33 dona H6 (8,9 foiz) va 21 dona DARGO (5,7 foiz) modellari joylashdi.

Sotuvlarning 29,8 foizi Toshkent shahri, 24,4 foizi – Buxoro viloyati, 13,8 foizi – Surxondaryo viloyati, 13,6 foizi – Samarqand viloyati, 13 foizi – Andijon viloyati hamda 5,4 foizi – boshqa viloyatlarga to‘g‘ri keldi.

2024-yil avgust oyida jismoniy shaxslar orasida HAVAL avtomobillarini sotib oluvchilarning 77,1 foiz erkaklar, 22,9 foizini esa ayollar tashkil etardi. Bunda, 30 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar ulushi 90,9 foizni, 30 yoshdan kichik bo‘lgan xaridorlar ulushi esa mos ravishda 9,1 foizni tashkil etdi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish