05.07.2024

Kia, CHERY va HAVAL’ning 2024-yil iyun oyi natijalari bo’yicha Oʻzbekistondagi sotuvlari statistikasi

Kia, CHERY va HAVAL’ning 2024-yil iyun oyi natijalari bo’yicha Oʻzbekistondagi sotuvlari statistikasi

Kia, CHERY и HAVAL avtomobil brendlarining Oʻzbekistondagi rasmiy distribyuteri boʻlgan – ADM Global kompaniyalar guruhi 2024-yil iyun oyidagi sotuvlar natijalarini e’lon qildi, ushbu natijalarga binoan, Kia brendiga mansub 1220 dona, CHERY brendiga mansub 463 dona va HAVAL brendiga mansub 211 dona avtomobil birliklari sotilgani ma’lum boʻldi.

KIA

Biznes-klassning yorqin vakillaridan biri boʻlgan, eng talabchan xaridorlarni ham oʻzining soʻngi urfdagi dizayni, yuqori darajadagi qulayligi va keng texnik imkoniyatlari bilan hayratga solishga qodir boʻlgan – Kia K5 sedani hudda bir oy oldin kabi, sotuvlar boʻyicha yetakchi maqomini tasdiqladi. Hammasi boʻlib iyun oyida 282 dona Kia K5 avtomobil birligi sotildi. Bu Kia brendiga mansub boʻlgan barcha modellarining 23 foiz tashkil etadi.

Sotuvlar boʻyicha yetakchi ortidan quyidagi natijalarga erishgan krossoverlar joylashdilar:

Sportage 240 dona avtomobil birligi (20 foiz). Ushbu krossoverning jozibali dizayni, qoʻllanilgan zamonaviy texnologiyalar va ajoyib yurish xususiyatlari koʻplab xaridorlarni jalb qilmoqda.

Sonet 235 dona avtomobil birligi (19 foiz). Ushbu yangi krossover ADM Jizzakh CKD zavodida birinchi boʻlib mahalliylashtirilib, Oʻzbekiston bozorida shov-shuvga sabab boʻldi. Uning sportcha uslubdagi va soʻngi urfdagi interyeri, shuningdek, keng yukxonasiga ega boʻlgan keng va qulay saloni Sonet’ni shahar sharoitlari uchun ajoyib tanlovga aylantiradi.

Sorento 218 dona avtomobil birligi – (18 foiz). Krossover oʻzini ham shaharda, ham yoʻlsizlik sharoitlarida foydalanish uchun mos boʻlgan yuqori sifatli va ishonchli oilaviy avtomobil sifatida koʻrsata oldi. Quvvat agregatlari, komplektatsiyalarning xilma-xilligi va boy jihozlanish ushbu modelning mashhurligini ta’minladi.

Barcha sotuvlar hajmining 20 foiz boshqa modellarga: K8 va K9 premium toifasidagi biznes sedanlari, yuqori sigʻimga ega Carnival va Carens, ixcham Seltos va Cerato hamda kam tonnajli Bongo tijorat yuk avtomobiliga toʻgʻri keladi.

Iyun oyidagi umumiy sotuvlar hajmining 14 foizni Seltos, K8, Carnival, Cerato va EV6 kabi Kia markasiga mansub avtomobillar tashkil etdilar.

CHERY

1,5-litrl hajmli dvigatel va CVT variatoriga ega boʻlgan CHERY Tiggo 7 Pro krossoveri sotuvlarda yetakchilikka erishdi. Ushbu modelning 256 birligi sotilgan boʻlib, bu hisobot davridagi markaning umumiy sotuv hajmining 55 foiz tashkil etdi.

Ikkinchi oʻrinni C-toifasidagi CHERY Arrizo 6 Pro sedani egallab, uning ulushi 27 foiz (123 birlik)ni tashkil etdi. Avtomobil quvvat va tejamkorlik muvozanatini ta’minlovchi CVT variator bilan juftlikda ishlovchi 1,5 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Uchinchi oʻrinni – yetti oʻrindiqli CHERY Tiggo 8 Pro flagman krossoveri va uning modifikatsiyasi boʻlgan Tiggo 8 Pro Max egalladilar. Ularning umumiy sotuvlari 84 birlikga (umumiy sotuvlar hajmining 18 foiz) yetdi.

Auditoriyaning tahlili shuni koʻrsatdiki, CHERY’ning Oʻzbekistondagi mijozlarining 69 foizni erkaklar tashkil etib, bu brendning faol haydovchilar uchun avtomobillar segmentidagi kuchli mavqega egaligidan dalolat beradi.

Sotuvlarning hududiy taqsimoti quyidagi koʻrinishga ega:

HAVAL

M6 SUV avtomobili 2024-yil 1-iyul sanasiga qadar tuzilgan shartnomalar soni boʻyicha 1-oʻrinni egallab, iyun oyida egalariga topshirilgan avtomobillar soni boʻyicha yetakchiga aylandi. M6 avtomobilining 142 dona birligi egalariga topshirilgan boʻlib, bu 2024-yil iyun oyida sotilgan HAVAL modellarining 71 foiz tashkil etadi, ularning 84 foiz qora, 13 foiz oq va 4 foiz kulrang ranglidir. HAVAL M6, 143 ot kuchiga ega quvvatli GW4G15F dvigateli bilan jihozlangan boʻlib, keng, qulay va xavfsiz oilaviy SUV hisoblanadi.

H6 avtomobili HAVAL brendining eng koʻp sotilgan ikkinchi oʻrindagi krossoveri boʻlib, uning sotuvlari umumiy sotuv hajmining 19 foizini yoki 41 dona birlikni tashkil etdi. Xaridorlarning 68 foiz qora rangni, 24 foiz oq rangni va 7 foiz kul rangni tanladilar. Top komplektatsiyadagi HAVAL H6 Premium 211 ot kuchiga ega boʻlgan 2.0T (4N20) dvigateli bilan jihozlangan.

143 ot kuchi quvvatiga ega 1,5T dvigateli bilan jihozlangan yangilangan Jolion krossoveri 19 dona birlik yoki umumiy sotuvlar hajminining 9 foiz koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Ta’kidlash joiz, taqdimoti 29 iyun kuni boʻlib oʻtgan yangi DARGO off-road krossoverini 2 nafar avtomobil ixlosmandlari sotib olishga ham ulgurdilar. HAVAL DARGO – bu yuqori texnik xarakteristikalarni, zamonaviy jihozlanish va jozibali dizaynni oʻzida mujassam etgan, qulaylikni yoqtiruvchilarda ham, faol off-road dam olish ixlosmandlaridai ham qiziqish uygʻota oladigan yoʻltanlamas avtomobildir.

Oʻtkazilgan tahlil shuni koʻrsatmoqdaki, Kia, CHERY va HAVAL markalariga mansub avtomobillar yuqori sifat, ishonchlilik va ilgʻor texnologiyalarni qadrlaydigan oʻziga to‘q va xabardorlik darajasi yuqori boʻlgan iste’molchilar tomonidan talab etilmoqda.

Kia, CHERY va HAVAL avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz, cheryauto.uz hamda haval.uz saytlari orqali tanishish mumkin.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish