26.06.2025

"Kia Go!": Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

"Kia Go!": Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish nuqtasiga aylandi. Bu yerda yashillik va musaffo havo qo'ynida "Kia Go!" shiori ostida O'zbekistonda sevimli va xalqchil bo'lgan krossoverining bir yilligiga bag'ishlangan sport-ko'ngilochar kuni bo'lib o'tdi.

Ushbu kunda barchasi chinakamiga bo'ldi: jonli his-tuyg'ular, drayv va birlik muhiti. Kia Sonet egalari shunchaki esda qolarli sanani nishonlash uchun emas, balki bir yil ichida Sonet shunchaki avtomobil bo'libgina qolmay, mobillik, erkinlik va uslub ramziga aylanganini his qilish uchun yig'ilishdi.

Tadbir dasturi mazmunli va yorqin tarzda o'tkazildi: sport tadbirlari, jamoaviy o'yinlar, o'zbek an'analari va kinematografiyasi mavzusidagi intellektual kviz. Lekin ijodiy chellenj haqiqiy xit sifatida namoyon bo'ldi, ya'ni kelajakning o'z Kia'sini o'ylab topish va taqdim etish. Ishtirokchilar o'zlarini kutilmagan tomondan ko'rsatdilar: ko'p hazil-mutoyiba, kreativlik va haqiqiy ishtiyoq ko'rsatildi. Kimdir quyosh batareyaga ega, kimdir o'zbek tilida ovoz bilan boshqariladigan uchar Sonet'ni taklif qildi. Har bir loyiha orzuning aksi kabi.

Tadbirlar oralig'ida ishtirokchilar shinam launj-zonada dam olishdi, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi, xushbo'y qahva ichishdi va kompleks restoranida tushlikdan bahramand bo'lishdi. Bu shunchaki tadbir emas edi - bu umumiy qadriyatlarga ega bo'lgan insonlarning uchrashuvi bo'lib, unda nafaqat avtomobillar muhokamasi, balki shunchaki bir-birlarining do'stona muhitidan zavqlanishdi.

Xususan, xonanda Muhammadziyo jonli ijroda chiqish qilib, Kia Sonet'ga bag'ishlangan yangi qo'shig'ini taqdim etdi. Mazkur trek modelga bo'lgan muhabbatning haqiqiy musiqiy e'tirofi bo'ldi va barcha mehmonlarning qalbiga ta'sir qildi.

Kunning yakuniy qismida har bir ekipajga esdalik sovg'alari topshirildi. Ularni mashhur bloger va Kia ambassadorlari topshirdilar, ular kun bo'yi ishtirokchilar bilan birga bo'lib musobaqada qatnashdi, qo'llab-quvvatlashdi, raqsga tushdi va esdalik uchun suratga tushdilar.

"Kia Go!"ning ko'plab ishtirokchilari tafsilotlarga e'tibor va chinakam iliq, samimiy muhit uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirishdi. To'g'ri hisoblangan vaqt, xayrixohlik muhiti va har bir ishtirokchiga g'amxo'rlik - tadbir eng mayda jihatlarigacha puxta o'ylangan.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashni istardikki, O'zbekistonda model ishga tushirilgandan buyon 15 000 dan ortiq Kia Sonet avtomobillari o'z egalarini topdi. Bu Kia brendiga avtohavaskorlar tomonidan bildirilayotgan ishonchning eng yaxshi tasdig'idir. Sonet harakat va erkinlikni qadrlaydigan faol insonlarni birlashtirishga ulgurdi. "Kia Go!" loyihasi esa bu avtomobil ortida shunchaki brend emas, balki hamfikrlarning jonli hamjamiyati turganini yaqqol ko'rsatdi. Bu esa katta yo'lning boshlanishi, xolos.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish