11.09.2025

Kia muhim marrani nishonlamoqda: Jizzaxdagi zavod konveyeridan 20 000-chi Sonet chiqarildi

Kia muhim marrani nishonlamoqda: Jizzaxdagi zavod konveyeridan 20 000-chi Sonet chiqarildi
  • Kia Sonet O'zbekiston bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlashda davom etmoqda.
  • Barcha Kia modellari orasida eng ko'p sotilgan avtomobillarga ortib borayotgan talabni ta'minlab, zavod 20 000 dona avtomobillarni ishlab chiqardi.
  • Shahar smart-krossoveri ajoyib dizayn, zamonaviy jihozlar va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.

Jizzax, O'zbekiston

ADM Global kompaniyalar guruhi ADM Jizzakh zavodida Kia Sonet krossoverini ishlab chiqarish tarixidagi muhim yutuq bo'lganini e'lon qildi. Korxona konveyeridan ushbu modelga mansub 20 000-chi avtomobil chiqarilishi, mahalliy iste'molchilar orasida barqaror talabning mavjudligiga muhim tasdiq sifatida bo'ldi.

Sonet 2024-yil mart oyidan boshlab "Jizzax" EIZdagi zavodda to'liq texnologik siklda ishlab chiqarilayotgan Kia brendi turkumidagi birinchi avtomobilga aylandi. Ushbu yutuq komponentlarni lokalizatsiya qilish strategiyasining muvaffaqiyatini va iste'molchilarning mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo'lgan yuqori darajadagi ishonchini ko'rsatadi.

"Ishlab chiqarilgan 20 000 dona avtomobillar soniga erishish korxonamiz rivojlanishidagi muhim bosqich va tanlangan ishlab chiqarish strategiyasining to'g'riligini tasdiqlashdir. Bizning ixcham krossoverimiz xaridorlar orasida tobora ommalashib borayotganidan faxrlanamiz. Kia Sonet haqiqatan ham O'zbekistondagi xalq krossoveriga aylandi", - dedi Kia kompaniyasining O'zbekistondagi brend direktori Georgiy Shoniya.

Avtomobillarni to'liq siklda ishlab chiqarish nafaqat sifatli transport vositalarini yaratish, balki mintaqaning avtomobil sanoatini rivojlantirish imkonini beradi. "Kia bosh qarorgohi, ishlab chiqarish, ADM Global va mahalliy komponentlar ishlab chiqaruvchilarning muvofiqlashtirilgan va faol ishini ta'kidlash kerak. Kompaniyaning strategik qarashlari va ulkan rejalari ishlab chiqarish, logistika va distributsiyadagi keng ko'lamli vazifalarni tezkor hal qilishni ta'minladi", - dedi ADM Jizzakh bosh direktori Daniyar Davletiyarov.

Kia avtomobil brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O'zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Barcha Kia modellari 60 oy yoki 150 000 km (qay biri birinchi bo'lib kelishiga qarab) tizim kafolati bilan ta'minlangan.

Telefon: (+998) 55-500-83-33

Sayt: http://kia.uz/

Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/

Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan

Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot

YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan

Ma'lumot uchun:

Kia Corporation - bu mijozlar, mahalliy va global hamjamiyatlar uchun mobillik sohasida barqaror yechimlarni yaratishga intilib, mobillik mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan global brenddir. Kompaniya 1944-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kia 190 dan ortiq mamlakatlarda 3 million donaga yaqin avtomobillarni sotadi. Korporatsiya xodimlarining umumiy soni 52 ming nafardan ortiq kishini tashkil etadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish maydonlari oltita mamlakatda joylashgan. Kia elektromobillarga o'tishni boshqaradi va butun dunyo bo'ylab shahar muammolarini hal qilishga yordam berish uchun mobillik xizmatlarini rivojlantirish bilan shug'ullanadi.

ADM Global kompaniyalar guruhi 2020-yilda Kia brendining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori (www.kia.uz) sifatida o'z faoliyatini boshlagan hamda mijozlarga sotuv va sotuvdan keyingi xizmatlarning to'liq turini taqdim etib kelmoqda. 2024-yilda Jizzax shahridagi zavodda Kia avtomobillarini mayda uzelli yig'ish texnologiyasi (CKD) yo'lga qo'yildi. Kompaniya ish boshlaganidan buyon O'zbekistonda Kia avtomobillari sotuvining umumiy hajmi 60 000 dan ortiq avtomobillarni tashkil etdi. 2025-yil o'rtalariga kelib, O'zbekiston hududining 16 ta shaharlarda 25 ta Kia rasmiy dilerlik markazlari faoliyat yuritmoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish