18.10.2024

Kia Sonet – SUV-B toifasida yilning ulkan yutug‘i: Kia ikkita mukofotni qo‘lga kiritib, TAF!24da yetakchilikni mustahkamladi

Kia Sonet – SUV-B toifasida yilning ulkan yutug‘i: Kia ikkita mukofotni qo‘lga kiritib, TAF!24da yetakchilikni mustahkamladi

2024-yil 12-oktabr kuni har yili o‘tkaziladigan TAF!24 Toshkent reklama festivalida Kia brendi bozordagi barqaror o‘rni va yuqori sifat standartlariga sodiqligini tasdiqlovchi ikkita muhim mukofotga sazovor bo‘ldi.

Kia Sonet – SUV-B toifasida yilning ulkan yutug‘i

Kia Sonet modeli narx va sifatning maqbul nisbati tufayli ixcham krossoverlar (SUV-B) segmentida yilning ulkan yutug‘i sifatida tan olindi. Ekspertlar hay’ati mazkur avtomobilda mavjud bo‘lgan texnologiyalar va qulaylikning yuqori darajasini qayd etdi. Sonet raqobatbardosh narxda ishonchliligi va ilg‘or yechimlarni taklif qilish orqali keng ommaning talablariga javob beradi.

Ushbu mukofot Kia kompaniyasining zamonaviy iste’molchi ehtiyojlarini qondira oladigan innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqishga strategik diqqat-e’tiborini tasdiqlaydi.

Kia radioreklamasi xalq tomonidan ovoz berish natijasiga ko‘ra kumush medalga sazovor bo‘ldi

Bundan tashqari, Kia reklama kampaniyasining yutug‘i tufayli taqdirlandi. “Yangi liderlar davri yaqinlashmoqda” shioriga ega radiorolik xalq tomonidan ovoz berish natijasiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Kampaniya brendning yetakchilikka yo‘naltirilgan va yangi chaqiriqlarga tayyor asosiy qadriyatlarini ta’kidlab o‘tdi.

Kia yangi texnologiyalarni joriy etish, mahsulot sifatini oshirish va o‘z mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga diqqat-e’tibor qaratish orqali oldinga intilishda davom etmoqda. TAF!24’da erishilgan mazkur muvaffaqiyat brendning barqaror rivojlanishga qaratilganligi va o‘z qadriyatlariga sodiq qolishining yana bir tasdig‘idir.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish