- Bosh sahifa
- Yangiliklar
21.05.2024
Kia yana ENG ZOʻRlar roʻyxatida: ketma-ket ikkinchi yil Kia «Yil brendi» nominatsiyasini qoʻlga kiritmoqda
2024-yilning 18 va 19-may kunlari Toshkent shahrida “MAKON Marketing Forum 2024” VI Xalqaro biznes forumi doirasida Oʻzbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan taʼsis etilgan yilma yil oʻtkaziladigan VII “Yil brendi 2023” mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Iste’molchilar va ekspertlarning ovoz berish natijalariga koʻra, ADM Global kompaniyalar guruhi rasmiy distribyutori boʻlgan Kia brendi uchta mukofotga sazovor boʻldi.
Ketma-ket ikki yil mobaynida Kia, xalq vakillari orasidagi ovoz berish (birinchi mukofot) va ekspert hakamlar hayʼati ovoz berishi (ikkinchi mukofot) natijalariga koʻra “Transport” toifasida “Yil brendi” mukofotiga loyiq topildi. “Yil brendi” tanlovida 300 ga yaqin kompaniya ishtirok etib, ular 25 nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlar unvoniga erishish uchun kurashdilar. G‘oliblar 350 ming nafarga yaqin insonlar ishtirok etgan Telegram-bot orqali umumxalq ovoz berilishi yordamida aniqlandi. Shuningdek, turli kategoriyalar bo‘yicha eng muvaffaqiyatli brendlarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi tomonidan taklif etilgan 130 nafar hakamlar hay’ati a’zolari va hamkorlar o‘rtasida ekspert ovoz berish ham o‘tkazildi.
ADM Global kompaniyalar guruhining marketing faoliyati ham iste’molchilar, ham mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Natijada, Kia brendi yana bir qo‘shimcha – “2023-yilda O‘zbekistondagi avtomobil brendlari o‘rtasidagi marketing faolligi yetakchisi” mukofotga sazovor bo‘ldi. Bu Kia’ning “MAKON Marketing Forum 2024” VI Xalqaro biznes forumidagi erishgan uchinchi mukofoti bo‘ldi.
Shuningdek, koʻrgazmalar zalida 2 ta avtomobil – yangi Kia Sonet shahar krossoveri va yangilangan Kia Sorento (2024-y.) namoyish etildi. Forumning barcha ishtirokchilari mashhur avtomobillar bilan yaqindan tanishish va menejer maslahatini olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Oʻzbekistondagi Kia brendi erishilgan yutuqlari bilan cheklanib qoʻymay, servis xizmat, mijozlarga xizmat koʻrsatish va ularning ehtiyojini qondirish sohalarini takomillashtirishni davom ettirib, shuningdek, Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatining yetakchisi sifatida oʻz mavqeyini mustahkamlash maqsadida yuqori sifatli avtomobillar va ajoyib egalik tajribasini taqdim etishga intilmoqda.
Kia avtomobillarining Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarilishi, Oʻzbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavodi bo‘lmish – ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.
Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan kia.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Kia’ning Oʻzbekistondagi tezkor axborot liniyasi: +998 55 500 83 33
YouTube: https://www.youtube.com/@kiauzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/kia__uzbekistan
Facebook: https://www.facebook.com/KiaUzbekistan/
Telegram: https://t.me/kiauzbekistanbot