01.10.2025

O‘zbekistonda Kia xizmatlari haftaligi: butun mamlakat bo‘ylab mijozlarga g‘amxo‘rlik

O‘zbekistonda Kia xizmatlari haftaligi: butun mamlakat bo‘ylab mijozlarga g‘amxo‘rlik

8–27-sentabr kunlari Kia kompaniyasining O'zbekistondagi barcha rasmiy dilerlik markazlarida Kia xizmat ko'satish haftaligi — xizmat ko'satish sifatini oshirish va brend avtomobillari egalariga g'amxo'lik qilishga qaratilgan keng ko'lamli dastur bo'lib o'tdi.

Uch hafta davomida mamlakat bo'ylab ming nafardan ortiq mijozlar o'z avtomobillarining holatini tekshirish, reglament ishlarini bajarish va mutaxassislar maslahatini olish uchun Kia servis markazlariga murojaat qilishdi. 

Aksiya doirasida Kia egalari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lishdi:

  • birinchi va ikkinchi bosqichli (TXK-1 va TXK-2) bepul texnik xizmat ko'satishdan o'tish;
  • qo'shimcha to'lov faqat sarflanadigan materiallar uchun belgilangan.
  • avtomobilni kompleks diagnostika qilish;
  • xavfsiz foydalanish uchun asosiy uzellar va tizimlarni tekshirish;
  • avtomobilni keyingi parvarishlash bo'yicha alohida tavsiyalar olish.
  • "Total" hamkoridan avtomobil moyi — sovg'a sifatida.

Mijozlar uchun bu avtomobillarning xizmat muddatini uzaytirish, ishonchlilikni oshirish va yo'llarda yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlash uchun ajoyib imkoniyat sifatida xizmat qildi

Kia servis xizmat ko'satish haftaligi brend va uning mijozlari o'tasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo'ldi. Kia uchun avtomobil egalariga g'amxo'lik qilish bir martalik tashabbus emas, balki strategik ustuvor vazifadir.

"Biz nafaqat zamonaviy avtomobillarni taklif qilishga, balki ularga xizmat ko'satish uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratishga intilamiz. Bunday tashabbuslar mijozlarimizning ishonchini mustahkamlashga yordam beradi va Kia tanlovi ishonchlilik tanlovi ekanligini tasdiqlaydi," — deya ta'kidladi kompaniya.

O'zbekistonda Kia o'zining foydali takliflari, servis xizmat ko'satish dasturlari va yangi loyihalari bilan mijozlarni xursand qilishda davom etadi. Biz yo'lda sifat, g'amxo'lik va ishonchni tanlagan har bir kishi uchun ochiqmiz. Kia oilasiga qo'shiling va doimo yoningizda bo'lgan brendning bir qismi bo'lish nimani anglatishini his eting!

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish