- Bosh sahifa
- Yangiliklar
03.11.2025
ADM Global’da o‘tkazilgan Pink Power Day tadbiri
Butun dunyoda oktabr oyi erta bosqichda aniqlanganda muvaffaqiyatli tarzda davolanadigan xastalik - sut bezi saratoni haqida xabardorlikni oshirishga bag'ishlangan davr hisoblanadi. Mazkur vaqt davomida kompaniyalar, tashkilotlar va jamoalar o'zaro birlashib, inson o'z salomatligi haqida qayg'urishi va muntazam tekshiruvlardan o'tishi muhimligini eslatib turadi.
31-oktabr kuni Toshkentdagi ofis va ADM Jizzakh zavodida salomatlikka nisbatan e'tiborli ravishda bo'lish madaniyatini qo'llab-quvvatlash va kasallikning oldini olish bo'yicha bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan Pink Power Day tadbirini o'tkazdik.
Toshkent shahrida joylashgan ofisda xodimlar uchun quyidagi mutaxassislar mavzuga oid ma'ruzalari bilan qatnashdilar:
- Aziza Tasheva - onkomammolog
- Sayyora Azlarova - onkopsixolog
Mutaxassislar erta tashxis qo'yishning o'rni, xavf omillari, o'z-o'zini tekshiruvi usullari va davolanish davrida psixologik yordam haqida so'zlab berishdi.
ADM Jizzakh zavodida bo'lib o'tgan uchrashuvni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali vakili, oliy toifali onkolog-mammolog - Ibragimov Dilshod o'tkazdi.
Xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarini berish, kasallikning oldini olishning muhim jihatlarini muhokama qilish va mutaxassislardan tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Pink Power Day global harakatning bir qismiga aylandi va bizga o'z sog'lig'iga g'amxo'rlik qilish - bu o'ziga hurmat va bir-biriga bo'lgan e'tiborning namoyon bo'lishi ekanligini eslatdi.
Biz muhim mavzular haqida fikrlashish odatiy hisoblangan va o'z salomatligiga ongli munosabatdan boshlanadigan qo'llab-quvvatlash madaniyatini yaratamiz.