13.10.2025

Kia, Chery va Haval avtomobillarining 2025-yil sentabr oyidagi sotuv natijalari

Kia, Chery va Haval avtomobillarining 2025-yil sentabr oyidagi sotuv natijalari

2025-yil sentabr oyida Kia, Chery va Haval brendlarining O'zbekistondagi rasmiy distribyutori bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2 063 dona Kia, 1 024 dona Chery va 743 dona Haval avtomobillarini sotdi. Mazkur natijalar O'zbekiston uchun maxsus moslashtirilgan zamonaviy modellarga bo'lgan barqaror qiziqishni namoyon etadi.

Kia

2025-yil sentabr oyida Kia brendi 2 063 dona avtomobil sotgan.

TOP-5 modellar:

  • Sonet — 1 713 dona krossoverlar (Kia umumiy sotuvining 83 foizi). Sonet sotuvning asosiy drayveri bo'lib qolmoqda — ushbu shahar oilasi va yosh mutaxassislar uchun o'zgacha uslubdagi va ixcham krossover.
  • K5 — biznes-klass turkumiga oid 104 dona sedanlar. K5'ni nufuz, qulaylik va kenglikni qadrlaydiganlar Afzal ko'radi.
  • Sportage — 78 dona krossoverlar va Seltos — 61 dona krossoverlar. Sportage va Seltos zamonaviy jihozlanish va ishonchlilikka ega universal krossoverni izlayotgan xaridorlar orasida talabgir.
  • Carens — 57 dona avtomobillar. Carens sig'imlik va funksionallikni qadrlaydigan oilaviy mijozlar orasida ommabop hisoblanadi.

Kia O'zbekiston avtomobil bozorida brendlar orasida yetakchi o'rinlardan birini saqlab qolmoqda. Sonet'ning yuqori ulushi ixcham krossoverlarning mashhurligini tasdiqlaydi va modellarning xilma-xilligi turli segmentlarda barqaror talabni ta'minlaydi.

 

Chery

2025-yil sentabr oyida Chery brendi 1 024 dona avtomobillarini sotdi.

  • Arrizo 6 Pro — 399 dona sedanlar (Chery umumiy sotuv hajmining 39 foizi). Arrizo 6 Pro — qulaylik, dizayn va narx o'rtasidagi muvozanatni izlayotganlar uchun universal sedan.
  • Tiggo 7 Pro — 291 dona krossoverlar va Tiggo 2 Pro — 229 dona krossoverlar. Keng Tiggo 7 Pro va ixcham Tiggo 2 Pro shaharda ham, undan tashqarisida ham talabgir krossoverlar hisoblanishadi.
  • Tiggo 8 Pro — 94 dona krossoverlar. Tiggo 8 Pro oila va yuqori darajadagi qulaylikni qadrlovchilarga mo'ljallangan.
  • O'zbekiston bozori uchun yangilik — Arrizo 8 Hybrid — 11 dona sedanlar. Arrizo 8 Hybrid — O'zbekiston sharoiti uchun maxsus moslashtirilgan gibrid bo'lib, o'zining qulayligi, to'liq quvvatlanishda safar masofasi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va ekologik yechimlarga qiziquvchi xaridorlar uchun jozibador hisobalandi.

Chery sedan va krossover segmentidagi o'rnini mustahkamlab, barqaror natija ko'rsatmoqda. Arrizo 8 Hybrid gibrid modelining paydo bo'lishi brend uchun bozorda yangi istiqbollarni ochmoqda.

 

Haval

2025-yil sentabr oyida Haval brendi (Great Wall Motor) 743 dona avtomobillarini sotdi.

Modellar bo'yicha sotuvlar tuzilmasi:

  • Haval Jolion — 307 dona krossoverlar (Haval umumiy sotuv hajmining 41,3 foizi)

Oyning sotuv bo'yicha yetakchisi Jolion zamonaviy dizayn, yuqori darajadagi qulaylik va hamyonbop narx uyg'unligi tufayli brendning eng talabgir modeli bo'lib qolmoqda.

  • Haval M6 — 302 dona krossoverlar

Mashhurligi bo'yicha ikkinchi model. Mijozlar M6'ni kundalik safarlardagi funksionalligi, kengligi va ishonchliligi uchun qadrlashadi.

  • Haval H6 — 73 dona krossoverlar

Yuqori darajadagi jihozlanish, dinamika va texnologiyalarni izlayotganlar tanlovi. Model ishonch bilan SUV ning o'rta segmentidagi o'rnini mustahkamlamoqda.

  • Haval Dargo — 35 dona krossoverlar

Dargo faol dam olish va yo'lsiz sharoitlarda sarguzashtlarni sevuvchilarni o'ziga jalb qilmoqda — avtomobil qudrat, xarakter va puxta o'ylangan qulaylikni birlashtirmoqda.

  • Haval H9 — 21 dona krossoverlar

Har qanday qoplamada quvvat, mavqe va ishonchni qadrlaydiganlarga yo'naltirilgan brendning yetakchi modeli.

  • GWM Wingle 7 — 5 dona pikaplar

Wingle 7 pikapi har qanday sharoitda amaliy qulaylik, foydalanish va ishonchlilikka yo'naltirilgan mijozlar orasida barqaror talabga ega.

Haval O'zbekiston bozorida krossoverlar segmentida o'z o'rnini ishonchli saqlab qolishda davom etmoqda. Asosiy talab narx, sifat va xususiyatlarning muqobil nisbatini ta'minlaydigan Jolion va M6 modellariga to'g'ri keladi.

2025-yil sentabr oyi yakunlariga ko'ra, Kia O'zbekiston bozorida ikki mingdan ortiq avtomobillarning sotuv hajmi bilan yetakchi o'rinlardan birini saqlab qolmoqda. Chery sedan va krossover segmentlarida o'z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda, texnologiklikka va modellar qatorini yangilashga e'tibor qaratmoqda. Haval barqaror o'sishni namoyish etmoqda va SUV segmentida ishonchli brend imidjini mustahkamlamoqda. Uch brendning umumiy natijalari o'zbekistonlik xaridorlarning zamonaviy va texnologik mahsulotlarga bo'lgan yuqori qiziqishini, shuningdek, ADM Global distribyutorlik strategiyasining samaradorligini tasdiqlamoqda.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish