09.10.2025

ADM STREET ART CHALLENGE: muralistlar uchun ochiq tanlov

ADM STREET ART CHALLENGE: muralistlar uchun ochiq tanlov

Hurmatli loyiha ishtirokchilari va uning kuzatuvchilari!

Kuzatuvchilar ovoz berish bosqichi rasman yakunlandi - yoqtirgan ijod ishlarini qo'llab-quvvatlagan va o'z ovozini bergan barchaga minnatdorchilik bildiramiz! Sizning tanlovingiz albatta e'tiborga olinadi!

Endi navbatdagi muhim bosqich - tanlovning yakuniy natijalarini aniqlaydigan hakamlar hay'atining ovoz berish bosqichi boshlanadi.

Musobaqaning yakuniy o'rinlari va g'oliblar nomi 10 oktabr kuni e'lon qilinadi.

Yangiliklarni kuzatib boring va biz bilan birga bo'ling - eng hayajonlisi hali oldinda!

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish