- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
19.04.2024
ADM Global bilan karyeraning rivojlanishi va xalqaro avtomobil brendlari bilan ishlash tajribasi
2024-yilning 18-aprel kuni Toshkent shahridagi Vebster universitetida (Webster University) “Career Fair 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan – ADM Global kompaniyalar guruhi, shuningdek, ADM Global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi ADM Jizzax zavodi – O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobidan qurilgan birinchi avtomobil zavodning vakillari ishtirok etdilar.
ADM Global kompaniyalar guruhining bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beruvchi stend ko‘plab talabalar – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan va Shveytsariya, Turkiya va h.k.zlar kabi xorijiy davlatlar fuqarolari bo‘lgan talabalarning, shuningdek, mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan talabalarning ota-onalarining e’tiborini jalb qildi. Ishtirokchilarga joriy boʻsh ish oʻrinlari aks ettirilgan jobs.adm.uz sahifasiga tezkor kirish uchun noyob QR-kodni skanerlash taklif etildi, ADM Global kompaniyalar guruhi haqida ikki tilda – oʻzbek va rus tillarida axborot beruvchi flayerlar tarqatildi.
– Men ADM Global haqidagi yangiliklarni anchadan beri kuzatib kelaman. Yaqinda yangiliklar lentasida ADM Jizzax O‘zbekiston avtomobil bozorida 25 foiz ulushga erishmoqchi ekanligini ko‘rib qoldim. Yo‘llarda tobora ko‘proq Kia, CHERY, HAVAL avtomobillarini ko‘rayotganim sababli, bu ko‘rsatkichga erishish aytarli oson kechadi, deb o‘ylayman. O‘ylaymanki, xalqaro brendlar bilan ishlash tajribasi mening professional ambitsiyalarimni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir va xalqaro universitet talabasi sifatida men uchun bu juda qo‘l keladi, – deb Vebster universiteti talabalaridan biri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Men Shveytsariyadan kelganman. Bakalavriatdagi yo‘nalishim bo‘yicha kerakli bilimlarga ega bo‘layotganimdan xursandman. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi men uchun juda qiziqarli bo‘ldi. Kompaniyalar guruhi vakillari bilan suhbatlashgach, menga mos bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lsa, o‘qishni tugatganimdan so‘ng O‘zbekistonda qolib, ADM Global’da ishlash variantini istisno qilmayapman. Men uchun bu madaniyatlararo muhitga sho‘ng‘ish, xalqaro hamkorlik tajribamni boyitish va kasbiy o‘sish bo‘yicha dunyoqarashimni kengaytirish imkoniyatidir, – deb o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Shveytsariyadan kelgan, xalqaro almashinuv va amaliyot dasturi ishtirokchisi bo‘lgan talabalardan biri.
Vebster universitetining Iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, media tadqiqotlar, biznes boshqaruv, kompyuter fanlari va axborot tizimlari boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat talabalari ADM Globalda o‘z faoliyatlarini olib borishga alohida qiziqish bildirishganlarini ta’kidlash joizdir. «Career Fair 2024» natijalariga ko‘ra, ADM Global kompaniyalar guruhi bo‘sh ish o‘rinlariga bildirishgan qiziqishlar soni bo‘yicha faxrli birinchi o‘rinni egalladi.