- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
06.04.2024
ADM Globalda ishlash – avtomobilsozlik sohasida bebaho tajriba va rivojlanishdir
2024-yilning 4 va 5-aprel kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida (XVUT) “Job Fair 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori – ADM Global kompaniyalar guruhi vakillari, shuningdek, ADM Global kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi, xususiy investitsiyalar hisobidan qurilgan O‘zbekistondagi ilk ADM Jizzax avtomobil zavodi vakillari ishtirok etdilar.
XVUT hududida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish uchun o‘rnatilgan tematik stendlar bilan ko‘plab talabalar, xususan, ushbu ta’lim muassasasini 2024-yilda tamomlaydigan talabalar tanishdilar. ADM Global kompaniyalar guruhining axborot stendlarida, ishtirokchilar skanerlab, faol bo‘sh ish o‘rinlari aks ettirilgan jobs.adm.uz sahifasiga o‘tishlari mumkin bo‘lgan QR-kod mavjud edi. Shu bilan birga, shunga o‘xshash QR-kodli hamda kompaniyalar guruhi haqidagi o‘zbek va rus tillarida qisqacha ma’lumot bo‘lgan flayerlar tarqatildi.
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalarida, iqtisod va moliya, tijorat huquqi, biznesni boshqarish va axborot tizimlari biznesi sohalari bo‘yicha ADM Global kompaniyalar guruhida ishlash imkoniyati katta qiziqish uyg‘otti.
Taniqli aviakompaniyada ishlash tajribasiga egaman. Biroq mening sevimli mashg'ulotim – avtomobillardir. Xobbi ham ishga aylanishi mumkin-ku. Kelgusida ADM Global kompaniyalar guruhi kabi yirik tashkilotda ishlashim tufayli men bebaho tajribaga ega bo‘lishim va imkoniyatlarimni avtomobilsozlik sohasida to‘liq ro‘yobga chiqarishim, karyera masalasida yuksak cho‘qqilarga erishishim mumkin, – deb bo‘sh ish o‘rilari yarmarkasi ishtirokchilaridan biri o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
Ishtirokchilar “Job Fair 2024” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida, O‘zbekistonda 10 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan ADM Global kompaniyalar guruhining ishtirok etayotganini, ushbu kompaniyalar guruhining Kia, CHERY, HAVAL, Hyundai Truck & Bus kompaniyalari kabi yirik xalqaro avtomobil brendlari bilan ishlash tajribasini ta’kidladilar, va kelajakda ADM Globalda o‘z karyeralarini qurishga katta qiziqish bildirdilar.
Shuningdek, 5 aprel kuni ADM Globalning HR jamoasi vakillari Turin Politexnika Universitetida (TPUT) kompaniya va unda ishlashning afzalliklari haqidagi tanishtiruv ma’ruzasini o‘tdilar.
TPUTda mashinasozlik, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari va sanoatda dasturlash hamda sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar alohida qiziqish bildirdilar. Ularni kafolat va texnik muhandislik, liniyali muhandislik, avtomobillar sotuvlari, servis xizmat ko‘rsatish va IT mutaxassisliklariga oid bo‘sh ish o‘rinlari qiziqtirdi.