02.05.2025

ADM Jizzakh "Innoprom. Markaziy Osiyo – 2025"da ishtirok etdi

ADM Jizzakh "Innoprom. Markaziy Osiyo – 2025"da ishtirok etdi

2025-yil 28–30-aprel kunlari Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar markazida "Innoprom. Markaziy Osiyo" bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi ADM Jizzakh zavodi ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada Kia Sonet maketi namoyish etilgan bo‘lib, unda har bir lokalizatsiya qilingan qismi ma’lum bir rang bilan belgilangan holda ko‘rsatildi. Bir yildan ortiq vaqt davomida krossover ADM Jizzakh zavodida to‘liq sikl texnologiyasi (CKD) bo‘yicha ishlab chiqarilishi, mahalliy avtosanoat va kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlanayotganligini ta’kidlaydi. Kia Sonet o‘zining hamyonbop xarid va xizmat ko‘rsatish narxlari, zamonaviy dizayni, ilg‘or texnologiyalari va yuqori darajadagi qulayligi bilan O‘zbekiston avtomobil bozorida eng ko‘p sotiladigan va ommabop krossoverlardan biriga aylandi.

ADM Jizzakh’ning bunday keng ko‘lamli tadbirdagi ishtiroki uning O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish va xalqaro ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasini ko‘rsatadi.

Yangilik bilan bo'lishish

Orqaga qaytish