- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
26.06.2024
GWM brendining yigʻish liniyasini ishga tushirmoqda va HAVAL DARGOning yigʻilishi rasmiy boshlanishini eʼlon qiladi
2024-yilning 26-iyun kuni ADM Jizzakh zavodida yo‘lsizlik sharoitlari va shahar muhitida faol dam olish ishqibozlarning talablarini qondirish uchun mo‘ljallangan yangi off-road krossoveri bo‘lgan HAVAL DARGOning alohida yig‘ish liniyasi ishga tushirildi.
HAVAL DARGO o‘zining oldingi DARGO X modeli bilan Qozog‘iston va Rossiya bozorlarida o‘zini namoyon qilishga ulgurib bo‘lib, bu uning ajoyib xususiyatlari va jozibali narxi tufayli O‘zbekistonda e’tiborni jalb qilish uchun yuqori salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
HAVAL DARGOning ba’zi bo‘g‘in va agregatlari ADM Jizzakh multibrend zavodiga Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. HAVAL DARGO avtomobilining alohida yig‘ish liniyasi, bu maxsus ajratilgan xodimlarga ega bo‘lgan 6 ta yig‘ish uchastkasidan iborat konveyerdir.
DARGO modelidan oldin M6, H6 va JOLION modelidagi avtomobillar umumiy liniyada yig‘ilib, bu yig‘ishning tezligiga ta’sir qilar edi. Endi esa ajratilgan alohidagi liniya tufayli H6, M6, JOLION va albatta DARGO modellari uchun yig‘ishning tezligi sezilarli darajada ortadi, bu esa GWM guruhiga mansub ko‘proq avtomobillarni yig‘ishga imkonini beradi.
ADM Jizzakh zavodida yig‘ilayotgan yangi HAVAL DARGO avtomobili xaridorlarga ikkita, ELITE va PREMIUM komplektatsiyalarida taqdim etiladi. 4 silindrli benzinli turbolangan dvigatel bilan jihozlangan DARGO, shuningdek, 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va 4WD to‘liq privodli transmissiyani, mustaqil old podveska va optimal o‘tish qobiliyati uchun ikki dastakli mustaqil orqa podveskani taklif etadi. Off-road krossover ta’sirchan o‘lchamlari bilan ajralib turadi: uzunligi 4620 mm, kengligi 1890 mm (yon oyoq qo‘ygichlar bilan 1910 mm), balandligi 1780 mmga teng.
DARGOning kabinasi qulayliklarga boydir: panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati, elektr sozlanuv, ventilyatsiya va massaj funksiyasiga ega charm qoplamali o‘rindiqlar, shuningdek, Apple CarPlay / Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va old oynadagi proyektsion displey.
DARGO, shuningdek, frontal, yon xavfsizlik yostiqchalarini o‘z ichiga olgan ilg‘or xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Ushbu yo‘ltanlamas avtomobil yuqori texnik xususiyatlarni, zamonaviy jihozlanishni va xaridorlarning keng qatlami uchun jozidor bo‘lgan so‘ngi urfdagi dizaynni o‘zida uyg‘unlashtiradi.
Ta’kidlash joizki, yaqin kelajakda O‘zbekistonning avtomobil bozorida premium toifali TANK brendining yo‘ltanlamas avtomobillarining paydo bo‘lishi kutilmoqda.
HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.
HAVALning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88
E-mail: info@haval.uz
Telegram: @haval_uzb
Instagram: @haval_uzbekistan
Facebook: @haval.uz
YouTube: @HavalUzbekistan