- Bosh sahifa
- Kompaniyalar guruhi
- Zavodi yangiliklari
13.03.2024
Kia kompaniyasi Sonet ixcham shahar krossoverini O‘zbekistonda ishlab chiqarilishini boshlashga tayyorlanmoqda
2024 yilda ADM Jizzakh O‘zbekistonda Kia Sonet ixcham shahar krossoverini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yadi. Sonet - brendning krossoverlari va yo‘ltanlamaslari qatoridagi eng ixcham modeldir. U Kia brendining O‘zbekistondagi kuzovni payvandlash, bo‘yash va yig‘ishni o‘z ichiga olgan to‘liq ishlab chiqarish siklidan (CKD) foydalangan holda ishlab chiqariladigan ilk avtomobiliga aylanadi. 2025 yilda presslab ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda.
Kia Sonet’ni ishlab chiqarilishi ADM Jizzakh'ning zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi ishlab chiqarish maydonida amalga oshiriladi. Model uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish quvvatlari Kia Sonet’ning maxsus payvandlash liniyasini, unifikatsiyalangan kuzov, plastik elementlarni bo‘yash liniyalarini, yig‘ish liniyasini hamda yakuniy tekshirish va sinov liniyasini o‘z ichiga oladi. Majmua yiliga 100 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Obektdagi barcha o‘rnatish va ishga tushirish ishlarini 2024 yil mart oyining oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Asosiy ishlab chiqarishdan tashqari, Kia Sonet loyihasi doirasida O‘zbekistonda bir necha o‘nlab har hil turdagi butlovchi qismlar, bo‘g‘inlarni ishlab chiqarishni va ishlab chiqarish operatsiyalarini mahalliylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu esa Sonet’ni MDH hududida ishlab chiqarilgan barcha Kia modellari orasida mahalliylashtirilish darajasi eng yuqori bo‘lgan modellardan biriga aylantiradi.
Kia ushbu avtomobilning yoshlarga hos uslubini ta’kidlab, Sonet’ni "smart-krossover" sifatida taqdim etdi. Shu bilan birga, Sonet’ning tashqi ko‘rinishida ishonchlilik va salobat mavjud bo‘lib, dizaynerlar uni transport oqimida boshqa avtomobillardan farqlab turuvchi qator original va zamonaviy vizual yechimlarni amalga oshirganlar
Kia kompaniyasining prezidenti va bosh direktori Xo-sung Song Sonet’ni tanishtirar ekan, shunday dedi: “Agressiv va zamonaviy dizayn, qiziqarli boshqaruv xarakter va Kia tomonidan taklif etilayotgan ilg‘or texnologiyalar ushbu modelni brendning mijozlar uchun, ayniqsa ."Millenniallar" va "Z avlod" vakillari uchun eng jozibador qilishga bo‘lgan intilishining chinakam ifodasidir. Sonet - dunyoning barcha mintaqalarida krossover segmentiga tez o‘sib borayotgan talabga bizning javobimiz bo‘lib, yangi model Kia brendiga juda ko‘p yangi mijozlarni jalb qilish imkoniyatiga egadir”.
Kia Sonet ajoyib ishtiyoq bilan qabul qilindi: ishlab chiqarilishi boshlanganiga bir yildan kamroq vaqt ichida u Hindistonda eng ko‘p sotilayotgan ixcham krossoverlardan biriga aylandi, 100 000 dan ortiq xaridor uni tanladi. Bunday muvaffaqiyatli natijalarga asoslanib, Kia dunyoning boshqa mintaqalarida ham modelni targ‘ib qilishni davom ettirdi. Sonet’ni to‘liq texnologik sikl bo‘yicha O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish loyihasi ushbu dasturni amalga oshirishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Bunday qaror brendning respublika bozorida keng miqyosdagi ishtirokini mustahkamlash va kengaytirish rejalarining jiddiyligini ta’kidlabgina qolmay, balki Kia’ning O‘zbekistondagi hamkorlarining professionalligi va ish sifatiga yuksak baho beradi.
Kia Sonet ixcham shahar krossoveri, ishlab chiqarish va sotuvlar boshlanishi sanalari, O‘zbekiston bozori uchun spetsifikatsiyalar haqidagi batafsil ma’lumotlar 2024 yilning bahor oylarida taqdim etiladi.